Sesuqi oxundi kalon madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Sesuqi oxundi kalon madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Holati Saqlanib qolmagan

Sesuqi oxundi kalon madrasasi shu nomli guzarda joylashgan. Ushbu madrasa Oxundi kalon yoki Oxundi so‘fi ismli zot tomonidan qurilgan. Nosiriddin Hanafiy: „Xalifa Xudoydod So‘fixoja oxundning otasi domulla Omonullaxoja Oxund yoniga dafn etilgan“, — deyiladi. So‘fixoja oxund va Oxundi so‘fi bitta shaxs bo‘lishi kerak. Demak, u XVIII — XIX asrda yashagan. Bemor talabalar ro‘yxatida Sesuqi madrasasida Ismoil Buxoriy va mulla Qamariddin rishta xastaligiga chalingani qayd etilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 407.