Sergey Starodubsev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sergey Vasilyevich Starodubsev (ruscha: Сергей Васильевич Стародубцев; 1914.24.10, Ashxobod 1967.19.3, Toshkent) — fizik olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1956), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1964). Texnika fanlari doktori (1946), professor (1947). 1935-yildan Toshkentda. Leningrad universitetini tugatgan (1935), Oʻrta Osiyo universitetida oʻqituvchi (1935—41). Toshkent toʻqimachilik institutida kafedra mudiri (1938— 42). 1942-yildan Leninfadda ishlagan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitseprezidenti (1956—66), Yadro fizikasi instituti direktori (1966-yildan). Ilmiy ishlari, asosan, fizik elektronika, atom yadrosi fizikasi, yadro va radiatsiya fizikasi, radioaktiv izotoplar va nurlardan texnikada foydalanish, sof materiallar texnologiyasiga oid. Oltingugurtli kadmiy kristallari asosida zaryadli zarralar hisoblagichini yaratgan, gamma nurlanishlarning moddalar bilan oʻzaro taʼsirini oʻrgangan. S. vakuum elektronikasi boʻyicha Toshkent maktabining shakllanishiga katta hissa qoʻshgan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fizikatexnika instituti, Toshkent koʻchalaridan biri S. nomi bilan atalgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil