Sergey Rijov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sergey Nikolayevich Rijovdan yoʻnaltirildi)
Sergey Rijov
Tavalludi 8-oktyabr 1903-yil
Tula guberniyasi, Rossiya imperiyasi
Vafoti 21-yanvar 1981-yil(1981-01-21)
(77 yoshda)
Toshkent, OʻzSSR
Istiqomat joylari Toshkent, Moskva
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Sohasi tuproqshunoslik
Ish joylari Butunittifoq qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi (VASXNIL)
Taʼlimi Tula agrokimyo va tuproqshunoslik instituti
Timiryazev nomidagi Moskva qishloq xoʻjaligi akademiyasi
Mukofotlari Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi

Sergey Nikolayevich Rijov (1903-yil 8-oktyabr, Malinovka, Aleksinskiy uezdi, Tula gubernyasi, Rossiya imperiyasi – 1981-yil 21-yanvar, Toshkent, OʻzSSR) – tuproqshunos olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1966), professor (1948). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1944). Timiryazev nomidagi Moskva qishloq xoʻjaligi akademiyasini tugatgan (1931). SoyuzNIXIda laboratoriya mudiri (1934—1949), direktor (1954—1957); ayni vaqtda Oʻrta Osiyo universitetining ilmiy ishlar boʻyicha prorektori va agronomiya kafedrasi mudiri (1942—1955). Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi vitse- prezidenti (1957—1961). VASXNILning Dokuchayev nomidagi Tuproqshunoslik instituti direktori (1962—1963). 1966-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti. Ilmiy ishlari Oʻrta Osiyo sharoitida gʻoʻzani sugʻorish, tuproq xossalarini oʻrganish masalalariga bagʻishlangan[1].

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sergey Rijov 1903-yil 8-oktyabrda Malinovkada tugʻilgan[2]. 1923-yilda Bogoroditskiy amaliy qishloq xoʻjaligi institutini, 1931-yilda bir vaqtning oʻzida 2 ta oʻquv yurtini – Tula agrokimyo va tuproqshunoslik institutini va Moskva qishloq xoʻjaligi akademiyasini tamomlagan[2]. Bir nechta diplomlarning mavjudligi tufayli Sergey Nikolayevich SSSRda agrotuproqshunoslik va sugʻoriladigan dehqonchilik sohasida taniqli olimga aylandi. 1931—1934-yillarda Butunrossiya agrokimyo va tuproqshunoslik ilmiy-tadqiqot institutida ishlagan.

1934-yilda oʻz hayotini Oʻrta Osiyo bilan bogʻlab, Toshkentga koʻchib oʻtadi va umrining keyingi uzoq, samarali yillarini shu yerda oʻtkazdi. 1934—1949-yillarda Butunittifoq paxtachilik instituti markaziy oʻgʻitlar va agrotuproqshunoslik stansiyasida tuproq fizikasi laboratoriyasiga, 1949—1955-yillarda Oʻrta Osiyo universitetining agronomiya kafedrasiga mudirlik qilgan[2]. 1950-yildan prorektor lavozimida ishlagan. 1957—1961-yillarda Oʻzbekiston SSR Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi vitse-prezidenti lavozimida ishlagan. 1962—1963-yillarda V. V. Dokuchayev nomidagi Tuproqshunoslik instituti direktori lavozimida ishlagan[3].

Sergey Rijov 1981-yil 25-yanvarda Toshkentda vafot etdi. U Moskvadagi Vostryakovskiy qabristoniga dafn etilgan.

Ilmiy ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy ilmiy ishlar paxta yetishtiriladigan zona va gʻoʻza sugʻorish zonasidagi tuproqlarning fizik xossalariga bagʻishlangan. Sergey Nikolayevich 200 ta ilmiy maqola muallifi boʻlib, ulardan salgina 190 dan ortigʻi nashr etilgan.

  • Paxta hosildorligi va sugʻoriladigan yerlarning unumdorligini oshirish boʻyicha qator agrotexnik tadbirlar ishlab chiqqan.

Ilmiy asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Fargʻona vodiysida gʻoʻzani sugʻorish. – Toshkent: Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi, 1948. – 244 b.
  • Tuproqlarning fizik xossalarini aniqlash usullari. – Toshkent: SAGU, 1951. – 47 b.
  • Oʻsimlik qoplamining oʻzgarishi va boʻz tuproqlar va qoʻriq yerlarda xossalarining oʻzgarishi. – Toshkent: SAGU, 1959. – 32 b.

Olim haqida yozilgan asarlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Niyazova R. I. Rijov Sergey Nikolaevich. – Toshkent : Fan, 1973. – 23 bet.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻgʻli Oleg Sergeyevich (1932 y. t.) – fizika-matematika fanlari doktori (1965), professor.

Mukofotlari va faxriy unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Biologi. Biograficheskiy spravochnik.— Kiev: Nauk. dumka, 1984. – 816 s.: il.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. 2,0 2,1 2,2 „РЫЖОВ Сергей Николаевич“ (ru). cnshb.ru. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
  3. „РЫЖОВ Сергей Николаевич“. 2015-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-noyabr.