Sergey Kirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sergey Mironovich Kirov (Kostrikov) (1886-yil 15(27)-mart, Urjum, hozirgi Kirov viloyati — 1934-yil 1-dekabr, Leningrad, RSFSR)— Rossiyada inqilobiy harakat va Fuqarolar urushi qatnashchisi. 1921-yildan Ozarbayjon kommunistik partiyasi Markaziy komiteti 1-kotibi. 1926-yildan partiya Leningrad gubkomi (obkomi) va shahar komiteti hamda Butunittifoq kommunistik partiyasi (bolsheviklar) Markaziy komiteti Shimoli-Gʻarbiy byurosining 1-kotibi, ayni vaqtda 1934-yilda Butunittifoq kommunistik partiyasi(bolsheviklar) Markaziy komiteti kotibi. Terrorchi tomonidan Smolniyda otib oʻldirilgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil