Kontent qismiga oʻtish

Sergey Kazankov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sergey Kazankov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sergey Valentinovich Kazankov
Tavallud sanasi 1957-yil 25-iyun (1957-06-25) (69 yosh)
Tavallud joyi Turkmaniston SSR, SSSR
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1979 Kolxozchi 15 (0)
1982 Kolos (Nikopol) 25 (0)
1982 Dnepr (Dnepropetrovsk) 5 (0)
1983—1984 Kolos (Nikopol) 82 (24)
1985 Kolxozchi 9 (4)
1985—1987 Kolos (Nikopol) 37 (4)
1989 Ahal-Tsop 34 (5)
1992 TSHT Ashxobod ? (41)
1994 Balkanabad
Milliy terma jamoa
1992—1993 Turkmaniston 6 (0)
Boshqargan klublari
1991 Ahal-Tsop
1996—1997 Kopetdag-2
1999 Kopetdag
2008 Krasnodar futbol akademiyasi
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Sergey Valentinovich Kazankov (turkmancha: Sergeý Kazankow; 1957-yil 26-iyunda Turkmaniston SSRda tugʻilgan) – sovet va turkmanistonlik sobiq futbolchi, futbol murabbiyi. U SSSR sport ustasi hamda Turkmanistonning xizmat koʻrsatgan murabbiy[1].

Kazankov Turkmaniston milliy terma jamoasida ham oʻynagan.

Futboldagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U oʻyinchilik faoliyatini birinchi ligada oʻynagan „Kolxozchi“ jamoasida boshlagan. 1979-yilda Turkmaniston SSR terma jamoasi tarkibida SSSR xalqlarining yozgi Spartakiadasida ishtirok etgan. 1982-yilda „Kolos“ (Nikopol) jamoasiga oʻtib, u yerda oʻzini samarali hujumchi sifatida namoyon qildi. „Dnepr“ murabbiylarining eʼtiborini tortib, Dnepropetrovskka taklif etildi. Biroq, u jamoada oʻrnasha olmadi va yana „Kolos“ga qaytib, u yerda bir necha muvaffaqiyatli mavsumlarni oʻtkazdi.

1989-yilda 2-ligada „Axal-SOP“ uchun oʻynadi. 1990-yilda faol chiqishlarni toʻxtatib, Turkmaniston SSR chempionatida TXHT uchun oʻynadi, bir vaqtning oʻzida Ashxobodda taksi haydovchisi boʻlib ishladi.

1992-yilda Turkmaniston oliy ligasida oʻynab, dastlabki turlardan boshlab toʻpurarlar orasida peshqadamlikni qoʻlga kiritdi. 1992-yilgi chempionatning eng yaxshi toʻpurari boʻlib, 41 ta gol urdi.

Terma jamoada

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1992-1993-yillarda Turkmaniston terma jamoasi safida oltita oʻyin oʻtkazdi.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faoliyatining soʻngida murabbiylikka oʻtdi. Kazankovning shogirdlari orasida Vladimir Bayramov ham bor. 1999-yilda „Kopetdag“ jamoasi bilan ishlagan[2].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻgʻli Maksim Kazankov Moskvaning „Saxalinets“ futbol klubida yarim himoyachi boʻlib oʻynamoqda[3].

Yutuqlar va mukofotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futboldagi yutuqlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kolos Nikopol

  • SSSR birinchi ligasi chempionatining bronza medali sohibi: 1982-yil

Murabbiylik yutuqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kopetdog Ashxobod

  • Turkmaniston kubogi gʻolibi: 1998/99

Shaxsiy yutuqlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Turkmaniston chempionatining eng yaxshi toʻpurar: 1992-yil (41 ta gol)

Davlat mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Sport ustasi unvoni
  1. „Руководство и тренерский состав“. 2023-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-avgust.
  2. „Ульянов продлил контракт на 4 года“. 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 1-avgust.
  3. „Казанков Максим Сергеевич“. 2012-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-noyabr.