Sergey Kazakov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Sergey Kazakov
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 23-noyabr 1959-yil
Tavallud joyi Turkmaniston SSR SSSR
Boʻyi 181 sm
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1981 Sautrn Ribansk 9 (0)
1984—1988 Navbahor 169 (45)
1989 Kosonsoy 17 (3)
1989—1992 Ahal 125 (38)
1993 Byuzmeyin
Milliy terma jamoa
1992—1993 Turkmaniston 5 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(12.31.1993 uchun)

Sergey Kazakov (1959-yil 23-noyabrda tugʻilgan) — sovet va turkman futbolchisi, yarim himoyachi va himoyachi pozitsiyasida toʻp surgan[1].

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilik faoliyati Turkmenabat shahrining „Karakum“ jamoasida boshlagan. Jamoasi bilan asosan Turkmaniston SSR chempionatida ishtirok etgan. Professional darajadagi klublardagi faoliyatini Ribinskning Saturn klubida 1981-yilda boshlagan. Sergey Ribinsk jamoasi tarkibida SSSR ikkinchi ligasi musoboqasida 9 ta uchrashuvda maydngga tushgan. 1984-yilda u Oʻzbekiston SSR Namangan viloyatining „Avtomobilist“ (Namangan) jamoasi bilan shartnoma imzoladi va u yerda bir necha mavsum muvaffaqiyatli toʻp surdi[2]. 1989-yilgi mavsumni Namangan viloyatining boshqa bir jamoasi, Kosonsoyning „Kosonsoy“ klubi tarkibida boshladi. Kosonsoyliklar tarkibida musoboqaning birinchi davrasida 17 oʻyinda 3 ta gol urdi. Ikki davra avvalida Turkmanistonning Ahal jamoasi safiga oʻtdi. 1989—1992-yillarda „Ahal-SOP/Ahal“ klubi uchun SSSR Ikkinchi ligasi va Turkmaniston chempionatlarida toʻp surdi.

1992-yilda u Turkmaniston Yokari ligasida oʻynadi va Ahal jamoasi bilan bronza medallarini qoʻlga kiritgan. 1993-yilda u Turkmanistonning boshqa bir jamoasi „Byuzmeyin“ klubiga koʻchib oʻtdi va u yerda faoliyatini yakunladi.

Sergey faoliyati davomida asosan orqa chiziqda, yarim himoya va himoya pozitsiyalarida toʻp surganiga qaramay, aniq va kuchli zarbasi, jarima va burchak toʻplarini mohirona ijro etishi natijasida barcha jamoalarida 100 ga yaqin gol muallifiga aylangan.

Milliy terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

1992—1993-yillarda Turkmaniston terma jamoasi sharafini himoya qilgan[3].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Turkmaniston chempionati kumush medali sovrindori: 1993
  • Turkmaniston chempionati bronza medali sovrindori: 1992

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Klub Liga Chempionat
Oʻyin Gol
1981 Sovet Ittifoqi Saturn (Ribinsk) Ikkinchi liga 9 0
1984 Sovet Ittifoqi Avtomobilist (Namangan) Ikkinchi liga 36 11
1985 Sovet Ittifoqi Avtomobilist (Namangan) Ikkinchi liga 26 5
1986 Sovet Ittifoqi Avtomobilist (Namangan) Ikkinchi liga 35 13
1987 Sovet Ittifoqi Avtomobilist (Namangan) Ikkinchi liga 36 13
1988 Sovet Ittifoqi Navbahor Ikkinchi liga 36 3
1989 Sovet Ittifoqi Kosonsoy Ikkinchi liga 17 3
1989 Sovet Ittifoqi Ahal-SOP Ikkinchi liga 19 5
1990 Sovet Ittifoqi Ahal Ikkinchi liga 36 10
1991 Sovet Ittifoqi Ahal Ikkinchi liga 50 18
1992 Turkmaniston Ahal Oliy liga ? ?
1993 Turkmaniston Byuzmeyin Oliy liga ? ?

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „советский и туркменский футболист“. 2023-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-iyun.
  2. „Казаков Сергей“. 2023-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-iyun.
  3. „Kazakov Sergey - футболист, нападающий“. 2023-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]