Kontent qismiga oʻtish

Sergey Glazyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sergey Glazyev
Tavalludi 1-yanvar 1961-yil
Fuqaroligi SSSR va Rossiya
Kasbi Iqtisodchi, Siyosatchi
Unvoni Iqtisod fanlar doktori
Mukofotlari Do'stlik ordeni, Sharaf ordeni, Kondratiyev ordeni

Sergey Yuryevich Glazyev (1961-yil 1-yanvar, Zaporojye) — rossiyalik iqtisodchi va siyosatchi. 2025-yil 17-apreldan Rossiya va Belarus Ittifoqi Davlatining Davlat kotibi. Iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi (2008-yildan)[1].

1961-yil 1-yanvarda Zaporojye shahrida tugʻilgan, u yerda 1978-yilda 31-sonli oʻrta maktabni tamomlagan[2]. Uning oʻqituvchisi shunday eslaydi: „U ajoyib, oʻqimishli yigit edi, doimo bilimga intilar, oʻz nuqtayi nazariga ega edi. Yaxshi tashkilotchi: har doim jamoani jipslashtirib, rahbarlik qilgan[2].“

Glazyevning soʻzlariga koʻra, uning otasi rus, onasi esa ukrainalik. Singlisi — Yuliya Sinelina (1972—2013), din sotsiologi, sotsiologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim, RFA Ijtimoiy-siyosiy tadqiqotlar instituti Din sotsiologiyasi sektori rahbari.

2008-yil noyabr oyida Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati (YevrAzES) bosh kotibining oʻrinbosari etib tayinlangan, 2009-yil 4-fevralda esa Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Bojxona ittifoqi komissiyasining mas’ul kotibi etib tasdiqlangan. Uning rahbarligida 2011-yil 1-iyuldan boshlab bojxona, sanitariya, veterinariya, karantin fitosanitariya, transport davlat nazorati Rossiya-Belarus va Rossiya-Qozogʻiston chegaralaridan Bojxona ittifoqining tashqi chegarasiga oʻtkazildi. Ushbu va boshqa vazifalarni amalga oshirish 2012-yil 1-yanvardan boshlab integratsiyani chuqurlashtirish — Yagona iqtisodiy makonni shakllantirish kun tartibiga oʻtish imkonini berdi.

2014-yil 17-martda, Qrim maqomi boʻyicha xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmagan referendum oʻtkazilganidan bir kun oʻtib, Glazyevga nisbatan AQSH sanksiyalari joriy etildi. Tez orada u „Qrimni anneksiya qilishga ommaviy chaqiriqlar“ uchun Yevropa Ittifoqi, Kanada, Avstraliya va Shveytsariyaning sanksiyalar roʻyxatiga kiritildi[3].

2015-yil sentyabr oyida u Ukrainaning sanksiyalar roʻyxatiga kiritilgan[4][5].

  1. Деловой Петербург со ссылкой на РИА «Новости». Избраны 44 новых академика РАН // Деловой Петербург ISSN 1606-1829Skript xatosi: „check isxn“ moduli yoʻq. (Online).
  2. 1 2 „Архивированная копия“. 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-iyul.
  3. „OUNCIL IMPLEMENTING REGULATION (EU) 2020/398“. 2023-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-yanvar.
  4. „Указ Президента України № 549/2015“. 2015-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-sentyabr.
  5. „ГЛАЗЬЕВ Сергей Юрьевич - биография, досье, активы“ (ru). Война и санкции. 2023-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-yanvar.