Sergey Borodin davlat adabiy-memorial uy-muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sergey Borodin davlat adabiy-memorial uy-muzeyi
Asos solingan sana 1981
Joylashuvi Toshkent sh., Lashkarbegi koʻchasi, 18-uy.

Sergey Borodin uy-muzeyi 1981-yilda tashkil etilgan. Ushbu muzey XX asr oʻrtalarida yashagan va 1950-1974-yillarda bir qator yirik tarixiy prozaik janrlar muallifi rus yozuvchisi Sergey Borodin xotirasiga bagʻishlangan.

Muzey adabiy ekspozitsiyasining ikkita zali adib hayoti va ijodiy faoliyatining asosiy bosqichlarini oʻz ichiga oladi.

Birinchi xonada Sergey Borodinning bolalik va yoshlik haqidagi xotiralar mavjud. Rasmlar, xatlar, hujjatlardan anglash mumkinki, bu boʻlajak yozuvchining qiziqishlari erta shakllanganidan dalolat beradi.

Ikkinchi zalda Sergey Borodinning 1930-yillardagi hayotining soʻnggi kunlarigacha boʻlgan faoliyati haqida hikoya qiluvchi ekspozitsiya nazardan chetda qolmaydi.

Muzeyning memorial qismida yozuvchi hayot chogʻidagi uy jihozlari saqlanib qolgan. 10 mingdan ziyod kitoblar bilan boyitilgan kutubxona, rassom doʻstlari tomonidan taqdim etilgan devorlarda osilgan kartina mehmonxonaga zavq bashishlab turganini payqash mumkin. Adibning ijod xonasida esa  — qogʻoz uyumlari, oilaviy tushgan fotosuratlar ham joy olgan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Literaturno-memorialniy dom-muzey Sergeya Borodina[sayt ishlamaydi]

Gosudarstvenniy literaturno-memorialniy dom-muzey Sergeya Borodina myday.uz