Sergey Alibekov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sergey Orifovich Alibekov
Tavalludi 16-may 1956-yil
Fuqaroligi Sovet IttifoqiOʻzbekistonRossiya
Kasbi multiplikatorchi, rejissor, ssenariychi, sahnalashtiruvchi-rassom
Faoliyat yillari 1960dan

Sergey Orifovich Alibekov (1956-yil 16-mayda tugʻilgan, Fargʻona, Oʻzbekiston) — sovet va oʻzbek multiplikatorchi: rejissor, ssenariychi va sahnalashtiruvchi-rassom.

Tarjimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alibekov Sergey 1956-yil 16-mayda Oʻzbekistonning Fargʻona viloyatida tugʻilgan. Oʻrta maktabni bitirgach, Qirgʻiziston davlat rassomchilik bilim yurtini haykaltaroshlik yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan.

U 1977-1979-yillarda Toshkent teatr va rassomchilik institutida tahsil olgan.

Sergey 1983-yildan SSSR Rassomlar uyushmasi a’zosi, 1989-yildan SSSR Kinematograflar uyushmasi a’zosi boʻlgan.

Animator dastgohli rangtasvir va grafika, haykaltaroshlik, kulolchilik sohalarida dekorativ san’at yoʻnalishlari boʻyicha ishlaydi[1].

U 1984-yildan “Oʻzbekfilm” kinostudiyasi bilan hamkorlik qilib, multipikasion va badiiy filmlar yaratishda ishtirok etib, rejissor, postakovkachi-rassom va ssenariy muallifi sifatida faoliyat olib boradi.

Sergey Alibekov bir necha bor animasion kino va biyenale rassomchilik boʻyicha xalqaro festivallar sovrindori boʻlgan.

Animatorlik ishi boʻyicha postanovkachi-rassom 2003-yildan buyon doimiy ravishda Rossiyada istiqomat qiladi.

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1984-yil — “Shivalab yogʻayotgan yomgʻir”, multfilm, “Oʻzbekfilm” studiyasi, postanovkachi-rassom
  • 1985-yil — “Oltin barg”, multiplikasion film, “Oʻzbekfilm” studiyasi, postanovkachi-rassom.
  • 1986-yil — “Xrizantema bogʻʻi”, multiplikasion film, “Oʻzbekfilm” studiyasi. postanovkachi-rassom
  • 1987-yil — “Veld”, toʻliq metrajli badiiyfilm, “Oʻzbekfilm” studiyasi, qisqa metrajli filmi. postanovkachi-rassom
  • 1988-yil — “Tanaffus”, multiplikasion film, “Oʻzbekfilm” studiyasi. Rejissor va postanovkachi-rassom
  • 1990-yil — “Ip”, animasion film, “Oʻzbekfilm” studiyasi. Rejissor va postanovkachi-rassom
  • 1990-yil — “Koʻlmakda”, animasion film, “Oʻzbekfilm” studiyasi.Film rejissori va postanovkachi-rassom
  • 2003-yil — “Exogramma” animasion film, “Oʻzbekfilm”  studiyasi. Rejissor va postanovkachi-rassom
  • 2005-yil — “Turk gambiti”, badiiy film, “1-kanal”, “TRITE” studiyasi. Kompyuter grafikasi va sarlavha dizayni uchun eskizlar va tushunchalar rassomi.
  • 2005-yil — "Imperiyaning oʻlimi", oʻn qismli badiiy film. 1-kanal, TRITE studiyasi. Kompyuter grafikasi uchun eskizlar va tushunchalar rassomi.
  • 2007-yil — “Moʻgʻul” badiiy filmi. Kompyuter grafikasi uchun eskizlar va tushunchalar rassomi.
  • 2007-yil — “1612”, badiiy film. "TRITE" studiyasi. Kino va kompyuter grafikasi uchun eskizlar va tushunchalar rassomi.
  • 2009-yil — “Ustalar kitobi”, badiiy film. Walt Disney Pictures, TRITE studiyasi. Kino va kompyuter grafikasi uchun eskizlar va tushunchalar rassomi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Алибеков Сергей Арифович“ (ru). Arboblar.uz. Qaraldi: 2019-yil 10-oktyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Энциклопедия отечественной мультипликации / Сост. С. В. Капков. — М.: Алгоритм, 2006. — С. 59. — 838 с. — ISBN 5-9265-0319-4.