Sergei Shumakov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sergei Shumakov
Tugʻilgan joyi 4-sentyabr 1992-yil (1992-09-04) (31 yosh)
Chelyabinsk, Rossiya
Boʻyi 6 ft 0 in (183 cm)
Ogʻirligi 196 lb (89 kg; 14 st 0 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
KHL
Sobiq jamoalar
erkin agent
Sibir Novosibirsk
CSKA Moscow
Hershey Bears
Springfield Thunderbirds
Avangard Omsk
Avtomobilist Yekaterinburg
Jamoalardagi faoliyat 2012—hozirgacha

Sergei Shumakov (talaffuzi: Sergey Shumakov) (1992-yil 4-sentyabrda tugʻilgan) — rossiyalik xokkeychi. Sergei Shumakov hozirda erkin agent hisoblanadi. Yaqinda Sergei Shumakov Kontinental xokkey ligasida (KHL) „ Avtomobilist Yekaterinburg“ xokkey jamoasida oʻynagan edi.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011—2012-yilgi mavsumda Sergei Shumakov Kontinental xokkey ligasi vakili „Sibir Novosibirsk“ xokkey klubi safida ilk oʻyinini oʻtkazdi[1].

2016—2017-yilgi mavsumdan soʻng, („Sibir Novosibirsk“ xokkey klubi bilan KHLdagi yettinchi yilida) Sergei Shumakov Maxim Shalunov va Konstantin Okulov bilan birgalikda Alexander Sharov oʻrniga 2017-yil 1-may kuni „CSKA Moscow“ xokkey klubiga almashtirildi[2]. 2017—2018-yillarda Sergei Shumakov klub safida 47 ta oʻyinda maydonga tushib, 23 ta golli uzatma va 40 ochkoni qayd etdi.

2018-yilning 27-avgust kuni Moskvaning „SSKA Moscow“ xokkey klubi Sergei Shumakov bilan 2018—2019-yilgi mavsum oldidan shartnomani bekor qildi. Shundan soʻng, Sergei Shumakov NHLda oʻz karyerasini boshlash niyatida, 2018-yil 1-sentyabrda „Vashington Capitals“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi[3][4]. Lekin 7-dekabr kuni Sergei Shumakov NHLga chaqirilmagani va klubning AHL filiali „Hershey Bears“ xokkey jamoasi bilan 10 oʻyinda toʻrt ochkoni qayd etgani sababli, „Washington Capitals“ xokkey klubi Sergei Shumakov bilan shartnomani oʻzaro bekor qilishdi[5]. U tezda erkin agent sifatida AHLda oʻz faoliyatini davom ettirish uchun professional sinov shartnomasiga imzo chekdi va 8-dekabrda „Florida Panthers“ xokkey klubiga tegishli „Springfield Thunderbirds“ xokkey klubi bilan kelishuvga erishdi[6]. 13-dekabrda Sergei Shumakov sinov muddatidan yaxshi oʻta olmadi va Shimoliy Amerikadagi faoliyatini yakunladi. Shundan keyin, 19-dekabr kuni Sergei Shumakov „Avangard Omsk“ xokkey klubi bilan uch yillik shartnoma imzolab, KHLga qaytdi[7].

2020—2021-yilgi mavsumda Sergei Shumakov klub safida 28 ta oʻyinda maydonga tushib, 8 gol va 13 ochko jamgʻardi. 2020-yil 9-dekabrda moliyaviy tovon puli evaziga Sergei Shumakov „Avangard Omsk“ klubi tomonidan „Avtomobilist Yekaterinburg“ xokkey klubi aʼzosiga almashtirildi[8].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2009—2010 Belye Medvedi Chelyabinsk MHL 50 4 4 8 26 8 0 0 0 2
2010—2011 Belye Tigry Orenburg MHL 51 17 18 35 70 7 0 3 3 8
2011—2012 Sibirskie Snaipery Novosibirsk MHL 50 18 28 46 84
2011—2012 Sibir Novosibirsk KHL 1 0 0 0 0
2012—2013 Sibirskie Snaipery Novosibirsk MHL 16 14 14 28 24
2012—2013 Sibir Novosibirsk KHL 38 3 1 4 10 7 0 0 0 2
2013—2014 Sibir Novosibirsk KHL 31 2 5 7 16 10 0 4 4 8
2013—2014 Zauralie Kurgan VHL 6 2 1 3 0
2014—2015 Sibir Novosibirsk KHL 52 16 8 24 50 12 2 0 2 27
2015—2016 Sibir Novosibirsk KHL 59 20 13 33 32 10 4 6 10 4
2016—2017 Sibir Novosibirsk KHL 54 16 21 37 35
2017—2018 CSKA Moscow KHL 47 17 23 40 42 11 2 2 4 8
2018—2019 Hershey Bears AHL 10 3 1 4 2
2018—2019 Springfield Thunderbirds AHL 3 1 0 1 2
2018—2019 Avangard Omsk KHL 21 5 12 17 6 19 12 5 17 10
2019—2020 Avangard Omsk KHL 58 17 24 41 34 6 3 4 7 4
2020—2021 Avangard Omsk KHL 28 8 5 13 18
2020—2021 Avtomobilist Yekaterinburg KHL 6 0 0 0 6
2021—2022 Avtomobilist Yekaterinburg KHL 38 10 15 25 24
KHL jami 433 114 127 241 273 75 23 21 44 63

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „HC Sibir Novosibirsk's 2010-11 Roster“. hockeydb.com (2011-yil 4-mart). Qaraldi: 2013-yil 5-aprel.
  2. „Exchange with CSKA“ (ru-RU). HC Sibir Novosibirsk (2017-yil 1-may). Qaraldi: 2017-yil 1-may.
  3. „Capitals sign Russian winger Sergei Shumakov to one-year deal“. The Washington Post (2018-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 1-sentyabr.
  4. „Capitals sign Sergei Shumakov“. Washington Capitals (2018-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 2-sentyabr.
  5. „Capitals' Sergei Shumakov: Set for release“. CBSSports.com (2018-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 8-dekabr.
  6. „T-Birds sign Sergei Shumakov to PTO“. Springfield Thunderbirds (2018-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 8-dekabr.
  7. „Нападающий Сергей Шумаков – в "Авангарде"!“ (ru-RU). www.hawk.ru (2018-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 19-dekabr.
  8. „Sergei Shumakov joins Avtomobilist“ (Russian). Avtomobilist Yekaterinburg (2020-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 9-dekabr.