Sepp Maier

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Jozef Dieter „Sepp“ Maier (nemischa: Josef Dieter Maier;)-nemis futbolchisi,darvozabon.1944-yil 28-fevralda Mettenda tugʻilgan.U "Bavariya" klubi (536 oʻyin) va Germaniya terma jamoasida (95 oʻyin) oʻynagan.

Yevropa chempioni (1972) va jahon chempioni (1974). Jahon kubogi sovrinlarining toʻliq toʻplamini qoʻlga kiritgan yetti nafar futbolchidan biri[1](1966-yilda kumush,1970-yilda bronza va 1974-yilda oltin).

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub miqyosida[tahrir | manbasini tahrirlash]

1946-yilda 2 yoshida Jozef Dieter Meier oilasi bilan Myunxen chekkasi Xaarga koʻchib oʻtdi va u yerda keyinchalik mahalliy bolalar jamoasida markaziy hujumchi sifatida futbol oʻynay boshladi.Bir marta jamoaning asosiy darvozaboni jarohat olganida, u darvozada turishga majbur boʻlgan.Sepp darvozabonlik vazifasini shu qadar yaxshi bajardiki, dastlab u oʻz jamoasida asosiy darvozabonga aylandi.Keyin esa Yuqori Vavariya jamoasiga kirdi.U yerda uni "Bavariya" murabbiylari payqab qolishdi va ularning yoshlar jamoasiga taklif qilishdi.

U 1958-yilda „Bavariya“ga kelib qoʻshildi.1962-yilda oʻzining birinchi professional shartnomasini imzoladi va 1963-yildan 1979-yilgacha jami 16 yil davomida jamoaning birinchi darvozaboni boʻldi."Bavariya" bilan birga u 1965-yilda Bundesligada va toʻrt karra Germaniya chempioni, toʻrt karra Germaniya kubogi, uch karra Yevropa Chempionlar kubogi, UEFA kubogi egalari kubogi va Qitʼalararo kubok gʻolibi boʻldi.Sepp Maier sakrashda raqib hujumchilarini „qurolsizlantirish“ va toʻpni ushlab, nafislik bilan oʻziga boʻysundirish qobiliyatiga ega edi.Maier hamon ketma-ket oʻyinlar boʻyicha Bundesliga rekordini saqlab turibdi-442. 1979-yil 14-iyulda Myunxendagi „Ulm“ bilan oʻrtoqlik oʻyinidan qaytgach, u baxtsiz hodisaga uchradi va bir yildan soʻng futbolchilik faoliyatini yakunlashga majbur boʻldi.

Milliy terma jamoa miqyosida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maierning Germaniya terma jamoasidagi debyuti 1966-yilda Dublinda Irlandiyaga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtgan.1966-yilgi Jahon chempionatida Maier allaqachon terma jamoada edi, ammo Xans Tilkovskidan keyin ikkinchi boʻlib qoldi.Ammo 1970-yilgi jahon chempionatida Sepp allaqachon asosiy darvozabon edi.1970-yilda Germaniya terma jamoasi uchinchi,1972-yilda Yevropa chempioni,1974-yilda jahon chempioni,1976-yilda Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi.Musobaqalarning soʻnggi finalida darvozabon mashhur Antonin Panenkaning penaltidan tepgan toʻpini oʻtkazib yuborgani bilan yodda qoldi.Umuman olganda Sepp Maier milliy terma jamoada 95 ta oʻyin oʻtkazdi va uzoq vaqt davomida Lotar Matteus oʻzib ketgunga qadar u oʻyinlar soni boʻyicha rekordchi boʻldi.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1994-yildan 2008-yilgacha Sepp Maier „Bavariya“da darvozabonlar murabbiyi boʻlgan.1988-2004-yillarda Germaniya terma jamoasi darvozabonlari murabbiyi ham boʻlgan.2004-yil 10-oktabrda u terma jamoaning asosiy darvozaboni sifatida Oliver Kan va Yens Lemanga qarshi ochiq gapirgani uchun o‘sha paytdagi murabbiy Yurgen Klinsmann tomonidan terma jamoadan haydaldi.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Germaniya terma jamoasi
"Bavariya"

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]