Sensor deprivatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sensor deprivatsiya (lotincha: sensus-tuygʻu va lotincha: deprivatio-yoʻqotish, mahrum qilish [1]) — Markaziy asab tizimiga nerv impulslari oqimining pasayishiga olib keladigan bir yoki bir nechta sezgi organlar[1] faoliyatini vaqtinchalik cheklash. Sensor deprivatsiya yaʼni hissiy mahrumlik yopiq joyda (suv osti kemasida, kosmik kemada va boshqalarda) izolyatsiya qilishda paydo boʻlishi mumkin; bundan tashqari, kosmik parvozda vaznsizlik[1] ham misol boʻla oladi.


Eng oddiy deprivatsiya asboblari, masalan, koʻzni toʻsuvchi narsa yoki maxsus koʻzoynak, quloqchinlar va eshitishga taʼsirini kamaytiradi yoki yoʻq qiladi, murakkabroq qurilmalar esa hid, taktil(teri tuyish), taʼm, retseptorlari va vestibulyar apparatlarni „oʻchirishi“ mumkin. Sensor mahrumlik hozirgi tibbiyotda, yoga, meditatsiya, psixologik eksperimentlarda (masalan, hissiy mahrumlik kamerasi bilan), shuningdek, BDSM oʻyinlarida, qiynoq va jazolashda qoʻllaniladi.

Hissiy mahrumlikning qisqa davrlari odamga tinchlantiruvchi taʼsir koʻrsatadi, ichki ongsiz tahlil jarayonlarini, maʼlumotni tizimlashtirish va saralashni, oʻzini oʻzi boshqarish va psixik holatni barqarorlashtirish jarayonlarini qoʻzgʻatadi, tashqi stimullardan uzoq vaqt mahrum boʻlish esa haddan tashqari tashvishga, beqarorlikka olib kelishi mumkin. Shuningdek, gallyutsinatsiyalar, depressiya, diqqatni jamlay olmaslik va gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar, bu keyinchalik travmadan keyingi stressga olib kelishi mumkin. Sensor deprivatsiyaning shaxsga uning his-tuygʻulari orqali taʼsirining bu xususiyati majburiy tergov jarayonlarida keng qoʻllanilishini topdi (masalan, " beshta usul " yoki " kengaytirilgan soʻroq usullari ").

Sensor deprivatsiya kamerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sensorli deprivatsiya kamerasi tovush va yorugʻlik oʻtkazmaydigan xona boʻlib, unda odam shoʻr suvda suzadi, uning zichligi tanaga teng va harorati tana haroratiga mos. Bunday kamera birinchi marta 1954 -yilda Jon Lilli tomonidan sensor deprivatsiya taʼsirini oʻrganish uchun qoʻllangan. Bunday kameralar meditatsiya, dam olish va tibbiyot uchun ham qoʻllaniladi. Boshqacha qilib aytganda, „floating“ "suzuvchi" kema atamasi ham ishlatiladi (inglizcha: float [flout] — erkin suzib yurmoq, yuzada qolmoq).

Britaniyaning Kolumbiyasi Universitetidan Piter Syuedfeld va Roderik Borri 1970 -yillarning oxirida hissiy mahrumlik xonasining terapevtik maqsadda qoʻllanilishini oʻrganishdi. Ularning texnikasi cheklangan atrof-muhitni stimulyatsiya qilish terapiyasi (REST) deb nomlangan.

Sensor deprivatsiyaning foydali tomonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turli sohalarda oʻtkaziladigan koʻplab mashqlarida shaxsiyatni tuzatish maqsadida sensor deprivatsiya qilish usuli qoʻllaniladi. Yopiq koʻzlar, sokin atrof-muhit, yolgʻiz joy, harakatsiz holat, yolgʻizlik — bularning barchasi turli xil oʻz-oʻzini rivojlantirish amaliyotlari uchun ishlatiladigan sensor deprivatsiya turlari hisoblanadi [2] .

Sensor deprivatsiyaning salbiy oqibatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sensor deprivatisiya oʻtkaziladigan vaqt oshgani sayin, beqaror aqliy faoliyat bosqichida, hissiy labillik pasayish bosqichi namoyon boʻladi yaʼnikim letargiya, depressiya, apatiya, bu qisqa vaqt ichida eyforiya, asabiylashishga aylanadi.

Sensor deprivatsiya sharoitlari qanchalik ogʻir boʻlsa, fikrlash jarayonlari tez buziladi, bu esa diqqatni bir yerga jamlay olmaslik, muammolar haqida izchil fikr yuritishda namoyon boʻladi. Ular oddiy aqliy harakatlarni bajarishda pasayishlar kuzatilishi bilan namoyon boʻladi. [3] .

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 , М., 1980 — 325 bet. 
  2. „Что такое Сенсорная депривация? Сенсорная депривация — это… Самопознание.ру“. samopoznanie.ru. 2017-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-iyul.
  3. „Сенсорная депривация - описание“. psyfactor.org. 2017-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-iyul.