Sengoku davri

Sengoku davri (yaponcha: 戦国時代, Sengoku jidai, soʻzma-soʻz maʼnosi – „Urushayotgan davlatlar davri“[1]) – bu Yaponiya tarixida 15–16-asrlarda deyarli uzluksiz ichki urushlar va ijtimoiy beqarorliklar sodir boʻlgan davrdir. Odatda bu davrning boshlanishi sifatida Kyōtoku hodisasi (1454), Ōnin urushi (1467) yoki Meiō hodisasi (1493) koʻrsatiladi. Ammo uning tugash sanasi borasida tarixchilar oʻrtasida turli qarashlar mavjud: baʼzilarga koʻra, 1568-yilda Oda Nobunaga Kyoto sari yurish boshlagan paytda, boshqalarga koʻra esa 1638-yilda Shimabara qo‘zg‘oloni bostirilganida, yaʼni anʼanaviy tarzda Edo davri deb ataluvchi davrda yakun topgan[2][3]. Tanlangan sanalardan qatʼi nazar, Sengoku davri Muromachi davri (1336–1573) bilan sezilarli darajada bir-biriga toʻgʻri keladi.
Bu davr amaldagi markaziy hokimiyat – Ashikaga shogunatining zaiflashuvi bilan ajralib turadi. Shu paytda sengoku daimyo (戦国大名 – Sengoku davri feodal hukmdorlari), yaʼni mahalliy hokimlar, tobora katta siyosiy taʼsirga ega boʻla boshladi. Aholi esa feodallarga qarshi Ikkō-ikki (一向一揆, Ikkō-shū qoʻzgʻoloni) nomi bilan mashhur boʻlgan isyonlarni koʻtardi[3].
Bu davrda anʼanaviy xoʻjayin-xizmatkor munosabatlari yemirila boshladi: koʻplab vassallar oʻz xoʻjayinlariga qarshi bosh koʻtardi; zodagon oilalar ichida hokimiyat uchun ichki nizolar kuchaydi (vassallar esa bu mojarolarda turli tomonlarni qoʻllab chiqishdi); baʼzi hollarda esa zodagon oilalarning ikkinchi tarmoqlari ramziy „qoʻgʻirchoq“ hukmdorlarni taxtga oʻtqazdi[4] . Bu davrda samuray madaniyatining qatʼiy ijtimoiy chegaralari ham yumshadi, past tabaqadan chiqqan odamlar jangchi sifatida nom qozonib, samuray maqomiga erishish imkoniga ega boʻldilar[5][6]. Shuningdek, oddiy samuraylar ham sengoku daimyo darajasiga koʻtarilishlari mumkin edi. Bunga misol qilib Hōjō Sōun (bunday darajaga birinchi boʻlib erishgan kishi) va Uesugi Kenshinni keltirish mumkin; Kenshin avval Shugodai (守護代 – shugo yordamchisi) boʻlgan, keyinchalik oʻz xoʻjayinini zaiflashtirib, hokimiyatni toʻliq oʻz qoʻliga olgan[7].
Sengoku davrida eng hayratlanarli ijtimoiy koʻtarilish namunasi esa, odatda, Toyotomi Hideyoshi bilan bogʻlanadi. U dehqon oilasidan chiqqan holda avval samuray, keyin sengoku daimyo, soʻngra kampaku (yaʼni imperator regenti) darajasigacha koʻtarilgan.
Zamonaviy Yaponiya tarixida Oda Nobunaga, Toyotomi Hideyoshi va Tokugava Ieyasu mamlakat markaziy hokimiyatini tiklaganliklari uchun „Uch buyuk birlashtiruvchi“ (三英傑 / さんえいけつ) sifatida tan olinadi[8].
Tarixiy sharoiti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu davrda, garchi Yaponiya imperatori rasmiy jihatdan davlat hukmdori hisoblangan va barcha feodal hukmdorlar unga sadoqat bilan qasamyod qilgan boʻlsalar-da, u asosan ramziy, diniy, faqat marosimlarda qatnashadigan shaxs edi. Amalda hokimiyat harbiy diktatorga teng keladigan zodagon arbob shōgunga topshirilgan edi.
Nanboku-cho davri (1346–1358) davomida Ashikaga shogunati asta-sekin Kamakura shogunati tomonidan tayinlangan mahalliy harbiy va politsiya amaldorlari, yaʼni Shugo (守護)larning vakolatlarini kengaytirdi. Endilikda Shugolar gokenin (御家人 – shogun xizmatidagi vassallar) oʻrtasidagi yer mojarolarini hal qilish huquqiga ega boʻldi hamda oʻz hududlaridan yigʻilgan soliqlarning yarmiga daʼvo qila oldi. Shugolar bu yangi boylikni mahalliy samuraylar bilan ham baham koʻrdi, natijada Shugo va samuraylar oʻrtasida irodaga boʻysunuvchi ierarxik tuzilma shakllandi. Shu asosda dastlabki feodal hukmdorlar — shugo daimyo (守護大名) deb atalgan ilk daimyolar paydo boʻldi[9].
1428-yilda toʻrtinchi Ashikaga shogun – Ashikaga Yoshimochi kasallikka chalinganida, uning oʻrniga kim oʻtirishi masalasi koʻtarildi. Beshinchi shogun Ashikaga Yoshikazu atigi 19 yoshida kasallikdan vafot etgach, oltinchi shogunYoshimochining toʻrt ukasi orasidan tanlanadigan boʻldi. Adolatni taʼminlash uchun hatto lotereya oʻtkazildi va natijada Ashikaga Yoshinori shogun boʻldi. Ammo Yoshinori shogun boʻlish uchun tayyorlanmagan edi. U oʻta badjahl va zolim sifatida tanildi. Natijada Akamatsu Mitsusuke uni Kakitsu qoʻzgʻoloni davrida oʻldirdi. Bu voqea Ashikaga shogunati tizimida beqarorlikni kuchaytirdi, va shogunat asta-sekin daimyolar ustidan oʻz taʼsirini yoʻqota boshladi[10][11].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ {{{title}}} NHK Broadcasting Culture Research Institute: . NHK Publishing, 24 May 2016.
- ↑ Akio Tsunoda. „ja:最長で200年説も!戦国時代とはいつからいつまでを指すのか?諸説をまとめました“ (ja). Shōgakukan (2020-yil 19-noyabr). 2023-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-yanvar.
- ↑ 3,0 3,1 „ja:戦国時代“ (ja). Japan Knowledge. 2022-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-yanvar.
- ↑ „ja:意外と知らない「下剋上」とは一体何か?戦国時代の「主殺し」の実像 3/4“ (ja). Kodansha (2021-yil 18-iyun). 2024-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 7-mart.
- ↑ „ja:意外と知らない「下剋上」とは一体何か?戦国時代の「主殺し」の実像 4/4“ (ja). Kodansha (2021-yil 18-iyun). 2024-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 7-mart.
- ↑ „ja:守護大名と戦国武将の違い“ (ja). The Japanese Sword Museum Nagoya Touken World. 2024-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-mart.
- ↑ „ja:豊臣秀吉はなぜ「征夷大将軍」ではなく「関白」になったのか――秀吉をめぐる「三つのなぜ」“ (ja). The Asahi Shimbun (2023-yil 24-sentyabr). 2024-yil 29-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 29-fevral.
- ↑ „The 3 Unifiers of Japan“. Denver Art Museum (2016-yil 12-may). 2024-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-mart.
- ↑ „ja:守護大名と戦国武将“ (ja). The Japanese Sword Museum Nagoya Touken World. 2024-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-mart.
- ↑ „ja:応仁・文明の乱“ (ja). Kyoto City. 2023-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-mart.
- ↑ „ja:嘉吉の乱“ (ja). The Nagoya Japanese Sword Museum Nagoya Touken World. 2024-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-mart.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- "Sengoku Jidai" (ja). Hōfu-shi Rekishi Yōgo-shū. Hōfu Web Rekishi-kan. https://kotobank.jp/word/%E6%88%A6%E5%9B%BD%E6%99%82%E4%BB%A3-549884#E9.98.B2.E5.BA.9C.E5.B8.82.E6.AD.B4.E5.8F.B2.E7.94.A8.E8.AA.9E.E9.9B.86.
- Hane, Mikiso. Modern Japan: a historical survey, 2nd, Boulder, Colo.: Westview Press, 1992. ISBN 978-0-8133-1368-9.
- Chaplin, Danny. Sengoku Jidai. Nobunaga, Hideyoshi, and Ieyasu: Three Unifiers of Japan. CreateSpace Independent Publishing Platform, 2018. ISBN 978-1-9834-5020-4.
- Hall, John Whitney (May 1961). "Foundations of the Modern Japanese Daimyo". The Journal of Asian Studies (Association for Asian Studies) 20 (3): 317–329. doi:10.2307/2050818. ISSN 0021-9118. https://archive.org/details/sim_journal-of-asian-studies_1961-05_20_3/page/316.
- Jansen, Marius B.. The making of modern Japan. Cambridge, Mass.: Harvard University Press, 2002. ISBN 978-0-674-00991-2. OCLC 44090600.
- Lorimer, Michael. Sengokujidai: autonomy, division and unity in later medieval Japan. London: Olympia, 2008. ISBN 978-1-905513-45-1.
- "Sengoku Jidai" (ja). Mypaedia. Hitachi. 1996. https://kotobank.jp/word/戦国時代-549884#E7.99.BE.E7.A7.91.E4.BA.8B.E5.85.B8.E3.83.9E.E3.82.A4.E3.83.9A.E3.83.87.E3.82.A3.E3.82.A2.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Warring-States Japan Battle Dataset – 2,889 battles occurring within Japan during the Sengoku period
- Sengoku Period – World History Encyclopedia
- Samurai Archives Japanese History page
- (yaponcha) Sengoku Expo: Japanese Design, Culture in the Age of Civil Wars held in Gifu Prefecture, 2000–2001
- (yaponcha) List of the Sengoku Daimyos