Kontent qismiga oʻtish

Senegal 1994-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Senegal
1994-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida
XOK kodi SEN
MOQ Senegal Milliy olimpiya va sport qo‘mitasi
Lillehammer
Sportchilar 1 1 sport turi boʻyicha
Bayroqdor Lamine Guèye
Medallar
Oltin
0
Kumush
0
Bronza
0
Jami
0

Senegal Norvegiyaning Lillehammer shahrida boʻlib oʻtgan 1994-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etdi. Bu mamlakatning Qishki Olimpiada oʻyinlaridagi uchinchi qatnashishi edi. Shuningdek, bu togʻ changʻichisi Lamine Guèyening Qishki Olimpiadalardagi uchinchi va soʻnggi ishtiroki boʻldi.

Delegatsiya faqatgina Lamine Guèyedan iborat edi. U musobaqalarni hech qanday medalsiz yakunladi.

Senegal 1984-yilda Yugoslaviyaning Sarayevo shahrida boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiada oʻyinlaridagi debyutidan boshlab 1994-yilgacha boʻlgan davrdagi barchta uchta olimpiadada ham ishtirok etgan. Hozirgacha hech bir senegallik sportchi Qishki Olimpiada oʻyinlarida medal qoʻlga kirita olmagan.

Dastlabki ishtirokda mamlakat sharafini yagona togʻ changʻichisi Lamine Guèye himoya qilgan. 1992-yilda esa Guèyega qoʻshimcha ravishda yana bir togʻ changʻichisi – Alphonse Gomis ham musobaqalarda qatnashgan[1][2][3].

1984-yildagi kabi, Senegal 1994-yilgi Lillehammerdagi oʻyinlarga ham yagona sportchi sifatida Lamine Guèyeni yubordi. Aslida reja boʻyicha davlat ikki nafar changʻichini Olimpiya oʻyinlariga yuborishni rejalashtirgan edi. Ammo Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi tomonidan saralash mezonlariga kiritilgan oʻzgarishlar sababli bu amalga oshmadi. Ushbu oʻzgarishlar natijasida Guèye faqat bitta yoʻnalishda – „downhill“ bahslarida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi[4].

Ishtirokchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyida O‘yinlarda ishtirok etgan sportchilar soni ro‘yxati keltirilgan[5].

Sport Erkaklar Ayollar Umumiy
Togʻ changʻi sporti 101
Umumiy101
  1. ↑ „Senegal“. Sports Reference. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-oktyabr.
  2. ↑ Jouanneau, Julien. „Je suis devenu le premier Noir aux Jeux olympiques d’hiver. Par Lamine Guèye.“ (French). Paris Match (2008-yil 22-iyul). Qaraldi: 2016-yil 16-oktyabr.
  3. ↑ „Senegal at the 1992 Albertville Winter Games“. Sports Reference. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-oktyabr.
  4. ↑ Thomson, Alastair. „Let underdogs have their day, says Gueye“. Reuters (2008-yil 19-avgust). Qaraldi: 2016-yil 19-oktyabr.
  5. ↑ Senegal at the 1994 Winter Olympics