Semizoʻt
Semizoʻt (Portulaca oleracea L.) — semizoʻtdoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. Poyasi seret, yotib, baʼzan tik ham oʻsadi. Barglari mayda, etli, silindrsimon, toʻpbarg hosil qiladi. Gullari sariq, oddiy yoki gultojibarglari qatqat. May — noyabrgacha gullaydi, mevalaydi. Bir tupi 50—75 minggacha urugʻ beradi. Oʻrta Osiyoda sugorma dehqonchilik zonalarida koʻp tarqalgan. Namgarchilik yuqori boʻlganda chirindiga boy yerlardagi ekinzorlarda koʻp usadi.
Kurash choralari: oʻtoq qilish; ekin ekiladigan maydonlarga avval, treflan (4—6 g/ga), boronalash vaqtida tuproqqa aralashtiriladi; kotoroy (1— 1,6 kg/ga), kotofor (0,8—1,3 kg/ga) yoki prometrin (1,3 i ! ta) ekish da bir yula lentasimon qilib sepiladi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |