Seminollar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Seminollar (oʻzlarini simanole deb atashadi) — AQShning Oklaxoma va Florida shtatlarida yashovchi muskoglar guruhiga mansub indeys xalqi. 4 ming kishidan ortiq (1990y.lar oʻrtalari). Xokasiu oilasiga mansub muskogi va xitchiti tilida soʻzlashadi. 18-asrning 2-yarmida Floridaning shim.ga koʻchib kelgan indeyskriklar yevropaliklardan S. nomini olganlar. 19-asr boshida kriklarning 2toʻlqini kelishi bilan S.ning soni 4 ming dan 6 mingga yetgan. 1812 va 1817—18 yillarda AQSH ga qarshi urushganlar (1Seminol urushi). Natijada S. katta hududlaridan ajralib, Floridaning jan. va sharqiga koʻchishgan. AQSH tomonidan S.ni Shim.ga Arkanzasga koʻchirishga qaratilgan siyosat 2Seminol urushini (1835—42) keltirib chiqargan. Urushdan soʻng S.ning katta qismi indeyslar hududiga (hozirgi Oklaxoma shtati) koʻchirilgan, bir qismi Floridaning jan.sharqidagi Evergleyds botqoqliklariga yashiringan. 1870 yillarning oxiridan Floridaning barcha indeys aholisi S. deb ataladi. S.da anʼanaviy eʼtiqodlar — ajdodlar ruhi, oʻtga topinish (har bir qishloqda muqaddas gulxan yonib turadi) saqlangan. 1950y.larning boshidan xristianlik keng tarqala boshlagan. S. dehqonchilik, ovchilik, balik, ovlash, milliy hunarmandchilik va kulollik bilan shugʻullanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil