Selenit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Selenit (yun. selene — Oy) — gips turi, mineral. Odatda, togʻ jinslari yoriklarida devorlarga perpendikulyar joylashgan ingichka tolasimon mineral agregatlar hosil qiladi. Uz. 10—15 sm gacha boʻlib, yorugʻlik nurlarini ipak singari chiroyli aks ettiradi. Turli aralashmalariga qarab rangi oq, zangori oqdan sariq va pushti ranggacha boʻladi. S. bezaktosh sifatida keng qoʻllaniladi (yana q. Gips). [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil