Mamont daraxti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sekvoyyadan yoʻnaltirildi)

Mamont daraxti, sekvoyya, sekvoyadendron (Sequoia, Sequoia-dendron) — taksodiydoshlar oilasiga mansub bir uyli daraxtlar turkumi. Boʻyi 100 m cha, tanasining diametri 6–10 m. 2 ming yilcha yashaydi. Shim. Amerikaning gʻarbiy sohillarida va Kaliforniyada usadi. Mamont daraxtining yogʻochi pishiq, binolar va gidrotexnik in-shootlar qurishda, temir yoʻl shpallari, telegraf ustunlari va mebel tayyorlashda ishlatiladi. Doim yashil Mamont daraxti va gigant Mamont daraxti degan turi bor. Oʻzbekistonda manzarali usimlik sifatida ustiriladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil