Scarlett Camberos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Scarlett Camberos
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Scarlett Nefer Camberos Becerra
Tavallud sanasi 20-noyabr 2000-yil (2000-11-20) (23 yosh)
Tavallud joyi Los Angeles, California, Amerika Qoʻshma Shtatlari
Boʻyi 1.68 m[1]
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Club América
Raqami 24
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2022- Club América 21 (11)
Milliy terma jamoa
2022- Meksika 0 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(26-avgust 2022 uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (26-avgust 2022 uchun)

Scarlett Nefer Camberos Becerra (2000-yil 20-noyabrda tugʻilgan) — meksikalik futbolchi, MX Femenil Ligasining América Club jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Kollejdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Camberos 2018-yildan 2021-yilgacha kollej futbolining UC Irvine Anteaters ayollar futbol jamoasida o‘ynagan. U oʻzining koʻp yillik faoliyati davomida 22 ta oʻyinda 13 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshiradi. Bundan tashqari u ikkita oʻyinda xet-trik qayd etadi va Katta Gʻarb konferensiyasida yilning eng yaxshi hujumchisi sovrini qoʻlga kiritadi[2].

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Camberos 2021-yil 30-dekabrda MX Femeni Ligasining América Club jamoasi bilan professional shartnoma imzolaydi[3] va 2022-yilning 10-yanvarida Atlasga qarshi o‘yinda América Club jamoasidagi birinchi professional oʻyinini oʻtkazadi. Los-Anjelesda (Kaliforniya) tugʻilgan Camberos otasining Amerika Club jamoasi bilan bogʻliqligi borligini uning jamoa bilan shartnoma imzolash qarorini qabul qilganini aytadi[4][5].

U Liga MX Femenil Torneo Clausura 2022 davomida 16 o‘yinda 11 ta gol uradi va turnir davomida urilgan gollar bo‘yicha Stefani Mayor bilan uchinchi o‘rinni egallaydi[6]. Amerika Club jamoasida esa to‘purarlik bo‘yicha yetakchilik qiladi[7].

2022-yil 25-iyul kuni Camberos muxlisni yolg‘on ijtimoiy media akkauntlari orqali va shaxsan taʼqib qilishda ochiqchasiga aybladi. Boshqa ayol oʻyinchilar ham uni qoʻllab quvvatlaydi va ular muntazam ravishda duch keladigan taʼqiblar haqida gapirishadi[8].

2022-yil avgust oyida Camberos América Club jamoasi bilan 2022-yilgi Ayollar kubogi xalqaro klublar o‘rtoqlik turnirida ishtirok etadi. U 2022-yil 14-avgust kuni „Tottenxem Hotspur FC Women“ga qarshi o‘yindagi g‘alabasi va o‘yinda g‘alaba keltiruvchi gol urgani uchun o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topiladi[9].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Camberos birinchi marta 2022-yil 25-avgustda Milliy ayollar futbol ligasining Anxel Siti FC va 2022-yil sentabr oyida Yangi Zelandiya ayollar futbol terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari uchun Meksika ayollar futbol terma jamoasiga chaqiriladi[10][11][12].

Faoliyati statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga
Boʻlim Oʻyinlar Gollar
Klub Amerika 2021-22 Liga MX Femenil 16 11
2022-23 Liga MX Femenil 5 0
Jami 21 11
Faoliyati jami 21 11

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Scarlett Nefer Camberos Becerra“. Liga MX Femenil. Qaraldi: 2022-yil 26-avgust.
  2. UC Irvine Anteaters (2021-yil 30-dekabr). „Scarlett Camberos Signs with Club America“. Press-reliz. Qaraldi: 2022-yil 26-avgust.
  3. UC Irvine Anteaters (30-dekabr 2021). „Scarlett Camberos Signs with Club America“. Press-reliz. Qaraldi: 26-avgust 2022.
  4. Navarro, Yoshua. „Scarlett Camberos, refuerzo de América Femenil que llega al Tri Femenil“ (Spanish). VAR Deportivo (4-iyun 2022). Qaraldi: 2022-yil 26-avgust.
  5. „Scarlett Camberos, la rompe redes del América femenil“. tv azteca deportes. TV Azteca (2022-yil 4-aprel). Qaraldi: 2022-yil 26-avgust.
  6. „Scarlett Nefer Camberos Becerra“. Liga MX Femenil. Retrieved 26 August 2022.
  7. Navarro, Yoshua. „Scarlett Camberos, refuerzo de América Femenil que llega al Tri Femenil“ (Spanish). VAR Deportivo (2022-yil 4-iyun). Qaraldi: 2022-yil 26-avgust.
  8. „Scarlett Camberos denuncia en redes a un hombre que acosa a jugadoras del América Femenil“. MARCA (2022-yil 26-iyul). Qaraldi: 2022-yil 26-avgust.
  9. Cornejo, Giancarlo. „Player Of The Match? You Get A Bag Of Groceries!“. the18 (2022-yil 15-avgust). Qaraldi: 2022-yil 26-avgust.
  10. Navarro, Yoshua. „Scarlett Camberos, refuerzo de América Femenil que llega al Tri Femenil“ (Spanish). VAR Deportivo (2022-yil 4-iyun). Qaraldi: 2022-yil 26-avgust.Navarro, Yoshua (4 June 2022).
  11. „Nueva convocatoria de Seleción Mexicana volvió a dejar fuera a Charlyn Corral, la novedad fue Scarlett Camberos“. infobae (2022-yil 26-avgust). Qaraldi: 2022-yil 26-avgust.
  12. Mexican Football Federation (2022-yil 25-avgust). „Convocatoria de la Selección Nacional de México Femenil para Fecha FIFA del mes de septiembre“. Press-reliz. Qaraldi: 2022-yil 26-avgust.