Sayyor teatr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sayyor teatr — oʻzining doimiy sahnasiga ega boʻlmagan, turli joylarga koʻchib yurib spektakllar koʻrsatadigan teatr. Koʻp mamlakatlarda xalq, teatrlari (mimlar, gistrionlar, skomoroxlar, jumladan, masharabozlar, qiziqchilar va boshqalar) sayyor boʻlgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlari Yevropa va Amerika mamlakatlarida Sayyor teatrlar professional tomosha sanʼatining alohida shakli sifatida keng tarqalgan. 30-yillarda St. ishchiyoshlar teatri, kolxoz — s-z teatrlari misolida rivojlandi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Sayyor teatrlar (front teatrlari) qismlarda madaniy xizmat koʻrsatgan.

1918-yil Fargʻonada Hamza boshchiligida tashkil qilinib, 1919-yil Oʻlka siyosiy sayyor truppasiga aylantirilgan teatr ham St. edi. U "Qizil Sharq" agitpoyezdi tarkibida Toshkent, Samarqand, Andijon, Namangan, Fargʻona, Qarshi, Chorjoʻy, Ashxobod va boshqa shaharlarda tomoshalar koʻrsatish bilan birga madaniymaʼrifiy,. targʻibot va tashviqot ishlarini ham olib borgan. 60y.larga kelib Sayyor teatrlar faoliyati toʻxtatildi, ularning ayrimlari viloyat teatrlariga aylantirildi, baʼzilari davlat teatrlariga qoʻshilib ketdi. Sayyor teatrlar faoliyatining hamma bosqichlarida katta siyosiy va madaniy-maʼrifiy rol oʻynagan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil