Sayyodiy
Qiyofa
| Sayyodiy | |
|---|---|
| Tavalludi |
Sayyid Muhammad XVII |
| Kasbi | Shoir |
Sayyodiy, Sayyodiy oʻgʻli, Sayyodiy oʻgʻli Harobiy (taxalluslari; ismi Sayyid Muhammad; XVII asrning ikkinchi yarmi, Balx yaqinidagi Xayrobod qishlogʻi) – shoir.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ovchi (sayyod) oilasida tugʻilgan, oʻzi ham shu kasb bilan shugʻullangan. Shoirning ayrim sheʼrlari hamda „Tohir va Zuhra“ dostonigina yetib kelgan. Dostonda xalq ogʻzaki ijodida keng tarqalgan syujet yozma adabiyot anʼanalari asosida bayon qilingan. Unda haqiqiy muhabbat va insoniylik kuylangan, zoʻrlik va adolatsizlik qoralangan. Dostonga 50 dan ortiq gʻazal shaklidagi sheʼriy parchalar kiritilgan[1]. Doston asosida Sobir Abdulla tomonidan „Tohir va Zuhra“ musiqali dramasi (1938) va keyinchalik Nabi Gʻaniyev tomonidan shu nomli kinofilm (1950) yaratilgan[2].
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tohir va Zuhra, T., 1960.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Sayyodiy“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (S-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
- ↑ Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nishonboyeva T., Poema Sayyadi „Taxir i Zuxra“, T., 1965.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiiqtibosda Sayyodiyga tegishli iqtiboslar mavjud. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |