Sayli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sayli — kechpishar qovun navi. Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik institutida yaratilgan (I. Asherov, S. Qoʻchqorov, Sh. Muhitdinov). Shakli uzunchoq, tuxumsimon. Ogʻirligi 4–5 kg, sirti burmali, tusi yashil, poʻsti qattiq, yuzasida toʻq yashil dogʻlari bor. Etining qalinligi 4—4,5 sm, och yashil, muloyim, sersuv, shirali. Urugʻxonasi oʻrtacha kattalikda. Tarkibida 5,6% qand bor, quruq modda miqdori 7,8%. Urugʻi unib chiqqandan keyin 100—120 kunda pishadi. Bir tupi 1—2 ta meva beradi. Hosildorligi 240— 330 s/ga. 1982-yildan Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida rayonlashtirilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil