Saygʻoqli davlat buyurtma qoʻriqxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Saygʻoqli davlat buyurtma qoʻriqxonasi (zakaznigi) - saygʻoqlarni va ular koʻpayadigan hududlarni muhofaza qilish maqsadida 1991-yilda tashkil etilgan. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot tumanida, Ustyurt platosining shim.gʻarbiy qismida joylashgan. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga qaraydi. Maydoni 1 mln.ga. Buyurtmaxonaning sharqiy chegarasi Qozogʻiston Respublikasining davlat chegarasigacha, gʻarbiy chegarasi Aterov (Guryev) va Oqtoʻba viloyatlari chegaralariga qadar boradi. Ustyurtda yashaydigan saygʻoqlar Qoraqalpogʻiston hududining Ustyurt qismida koʻpayib, yozda Qozogʻiston choʻllariga koʻchadi, kuzda yana Ustyurtga qaytadi. Bu hududda Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan tuvaloq va boshqa hayvonlar ham yashaydi. Buyurtma hududida saygʻoqlarning umumiy soni 30 mingga yaqin (2003).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil