Saydullo Rahmatov (futbolchi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Saydullo Rahmatovdan yoʻnaltirildi)
Saydullo Rahmatov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Saydullo Aʼzam oʻgʻli Rahmatov
Tavallud sanasi 17-may 1992-yil
Tavallud joyi Margʻilon,
Fargʻona viloyati,
O'zbekiston
Boʻyi 178 cm (5 ft 10 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
erkin agent
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014 Neftchi 3 (0)
2015 Soʻgʻdiyona 20 (1)
2016—2018 Nasaf 62 (1)
2018—2020 AGMK 35 (0)
2021 Neftchi 15 (1)
2022 Dinamo 14 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Saydullo Aʼzam oʻgʻli Rahmatov (1992-yil 17-mayda tugʻilgan[1], Margʻilon, Fargʻona viloyati) – oʻzbek futbolchisi, „Neftchi“ (Fargʻona) klubi himoyachisi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faoliyatini 2014-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida boshlagan. U Oʻzbekiston chempionatidagi debyutini 2014-yilning 11-aprelida „Nasaf“ga qarshi oʻyinda (1:2) oʻtkazgan. Keyingi mavsumni „Soʻgʻdiyona“ lagerida oʻtkazdi va u erda asosiy jamoa  futbolchisi boʻldi[2].

2016-yilgi mavsum boshlangunga qadar u „Nasaf“ futbolchisiga aylandi[3]. Jamoa bilan 2016-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida oʻynagan[4] va uning jamoasi soʻnggi oʻrinni egallagan. Kelajakda Rahmatov Oʻzbekiston chempionatining kumush va bronza medali sovrindori, Oʻzbekiston kubogi finalchisi va Oʻzbekiston Superkubogi sohibiga aylandi. 2018-yilda futbolchi yana OChLda ishtirok etdi[2].

2019-yilning yanvar oyida erkin agent sifatida AGMK ga oʻtdi[5]. Jamoa tarkibida u ikki marta Oʻzbekiston kubogi finaliga chiqdi, mamlakat chempionatida bronza medallarini qoʻlga kiritdi, shuningdek, OChLda ishtirok etd[2].

2021-yilning bahorida Rahmatov Fargʻonaning „Neftchi“ lageriga qaytdi[6]. Germaniyaning Transfermarkt sayti 2021 yilning iyul oyi holatiga koʻra, Rahmatovning narxini 300 ming yevroga baholagan va uni Oʻzbekiston Pro-ligasidagi eng qimmat futbolchilardan biriga aylantirgan[7]. 2020-yilgi mavsumda Samarqandning „Dinamo“ jamoasida oʻynagan[8].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nasaf
  • Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2017
  • Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindori: 2016
  • Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2016
  • Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2016
AGMK
  • Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindori: 2020
  • Oʻzbekiston kubogi finalchisi: (2) 2019, 2020

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]