Saydullo Abdullayev
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Abdullaеv Saydullо Parxоdbеkоvich | |
---|---|
Абдуллаев Сайдулло Парходбекович | |
Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi Bosh direktori | |
Mansab davri 2005-yil — 2018-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi |
Shavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Toʻlqin Jabborov |
Vorisi | Baxtiyor Hamidov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
17-mart 1965-yil (57 yosh) Namangan |
Mukofotlari |
![]() |
Abdullayev Saydullo Parxodbekovich (1965-yil 17-mart, Namangan) - Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi Bosh direktori (2005-2018), MDH Banklar uyushmasi kengash a'zosi, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rektori (2007-2017)[1].
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 1982 — 1983-yillarda Namangan shahar Xalq sudida sud majlisining kotibi vazifasida ishlagan.
- 1983 — 1985-yillar armiya safida xizmat qilgan.
- 1986-yilda Tver Davlat Universitetining iqtisodiyot fakultetiga oʻqishga kirgan va 1991-yilda universitetni muvaffaqiyatli tamomlagan.
- 1991 — 1992-yillarda Namangan vilоyati istiqbolni belgilash va statistika Bosh boshqarmasi Reja komissiyasi mutaxassisi,
- 1992 — 1993-yillarda Namangan viloyat hokimi huzuridagi istiqbolni belgilash va statistika bosh boshqarmasida mutaxassis, boʻlim boshligʻi vazifalarida ishlagan.
- 1993-yilning aprel oyidan 1994-yilning sentyabr oyigacha Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Namangan viloyat boʻlimi boshqaruvchisi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
- 1994-yil sentyabr oyidan Aksiyadorlik tijorat banki „Gʻallabank“ Namangan viloyat filiali boshqaruvchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
- 1996-yil oktyabrdan 1997-yil dekabr oyigacha Bank-mоliya akadеmiyasida tahsil olgan.
- 1997-yildan 1998-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Qimmatli qogʻozlar departamenti direktori,
- 1998 — 2000-yillarda Iqtisodiy tahlil departamenti direktori,
- 2000 — 2002-yillarda Tijorat banklariga litsenziyalar berish va ular faoliyatini tartibga solish departamenti direktori lavozimlarida ishlagan.
- 2002-yildan 2005-yilga qadar Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi Bosh direktori oʻrinbosari, Bosh direktor vazifasini bajaruvchisi,
- 2005-yildan 2018-yilgacha Bosh direktor lavozimida faoliyat yuritmoqda[2].
- 2007 — yildan 2017-yilgacha shuningdek, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rektori.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ arxiv nusxasi, archived from the original on 2017-08-29, https://web.archive.org/web/20170829202248/http://www.mdis.uz/Board_of_Directors, qaraldi: 2017-08-29
- ↑ Banklar assotsiatsiyasi[sayt ishlamaydi]
![]() ![]() |
![]() |