Saydulla Ziyodullayevich Mirzayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Saydulla Ziyodullayevich Mirzayev (1930.8.8, Paxtachi tumani) —adabiyot-shunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), filol. fanlari doktori (1973), professor(1977). Samarqand Davlat Universiteti filologiya fakultetini tugatgan (1951). Shu universitet oʻzbek adabiyoti kafedrasida oʻqituvchi, dotsent (1955—77), kafedra mudiri (1988—99), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati boʻlimi raisi (1973—91). M.ning ilmiy faoliyati adabiyotning xalqchilligi, gʻoyaviyligi, zamonaviyligi, ijobiy qahramon, milliylik, adabiy hamkorlik, til va badiiy mahorat, xalq ogʻzaki ijodi va boshqa masalalarga bagʻishlangan. M. ijodida tanqidiybio-grafik ocherk janri ham salmoqli oʻrin egallaydi. Uning Oybek, Hamid Olimjon, Abdulla Qahhor, Mirte mir, Yashin, Sayd Axmad va boshqa adiblar ijodi haqidagi tanqidiybiografik ocherklari bor.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Gʻoya va obraz, T., 1980; Hozirgi zamon oʻzbek adabiyoti tarixi, T., 1993; Oʻzbek romanchiligi, T., 1997; Mustaqillik davridagi oʻzbek adabiyoti, T., 1999; Hayot va adabiyot, T., 2001.