Savaş Dinçel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Savaş Dinçel
Tavalludi 1942-yil 1-aprel
Istanbul, Turkiya
Vafoti 2007-yil 20-dekabr
Fuqaroligi Turkiya bayrogʻi Turkiya
Kasbi Aktyor, rejissyor
Turmush oʻrtogʻi Sumru Dinçel
Bolalari Baris Dincel

Halil Savaş Dinçel turk aktyori, rejissyor va karikaturachi.

Yoshlik davrlari va ta'limi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Savaş Dinçel 1942-yil 1-aprelda Istanbulning Fotih tumanida tug‘ilgan. Boshlang'ich maktabni Koja Rag'ip Posha boshlang'ich maktabida tugatganidan so'ng, Istanbul o'g'il bolalar litseyiga o'qishga kirdi. Teatr taʼlimini esa Istanbul shahar konservatoriyasining teatr boʻlimida boshlagan. Teatr ta'limidan tashqari, u havaskor sifatida multfilmlar chizishni boshlaydi. Savaş birinchi marta aktyor sifatida Istanbul shahar teatrida sahnaga chiqadi.

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Savaş Dinçel 1980-yilda harbiy toʻntarish natijasida harbiy holat eʼlon qilinishi bilan Istanbul shahar teatrlaridan chetlashtirilgan. Dinchel va Mujdat Gezen Kommunistik tashviqot qilishda ayblangan va 1983-yili bir-biriga kishanlangan holda sudga olib ketilgan.[1] 1978-yilda Mujdat Gezen tomonidan yozilgan va Savaş Dinchel tomonidan chizilgan “Nazim Hikmet satrlar” kitobi tufayli 1980-yil 12-sentyabrda ularga nisbatan o'sha davrning mashhur 141 va 159-moddalari bo'yicha sudda da'vo ishlari ochiladi. Bu ish tufayli hibsga olingan Dinchel va Gezen 1983-yil 4-iyun kuni qo‘llari bir-biriga bog‘langan holda Oliy Jinoyat Sudiga olib kelinadi.[1] O‘sha paytda qamoqxonalarda majburiy bo‘lgan “forma” ni kiygan ikki do‘st bilaklaridagi kishanlarni yashirishga urinishmaydi, aksincha, buni ko‘rsatish uchun qo‘llarini oldinga cho‘zishadi."Kommunizmni targ'ib qilish va hukumatning axloqiy shaxsini haqorat qilish" ayblovlari bilan 21 yilgacha qamoq jazosi bilan sudlangan Gezen va Dinchel bir muddat Sağmaljilar qamoqxonasida qolganidan keyin oqlanishadi.[2][3]

Savaş Dinchel To'ntarishdan so'ng "Guldürürü" o'quv markazida karikaturachi bo'lib ishladi. Bir muddat “Gunaydın” gazetasida karikaturachilik bilan shug'ullanadi. Bu yerda u “Tonton” nomli multfilmlar tayyorlaydi. Davlat kengashi qayta tiklash qarori tasdiqlangach, u yana shahar teatrlarida ish boshlaydi. U ikkita karikatura ko'rgazmasini ochadi. “Nozim Hikmat satrlari” nomli hajviy kitob tayyorlaydi..Rejissyor Ziya O'ztan tomonidan suratga olingan "Kurtuluş" va "Jumhuriyat" filmlarida İsmet İnönü rolini o'ynadi. Ali Poyrazog'lu teatri, Gen-Ar teatri, AST va Munir Özkul bilan ishlagan.

U Müjdat Gezen san'at markazi tashkil etilganidan boshlab o'qituvchi sifatida ishlagan va qisqa vaqt davomida Kadir Has universiteti konservatoriyasida "sahna mashqlari" fanidan dars bergan.

U Turkiya Respublikasining birinchi bosh vaziri va ikkinchi prezidenti Ismet Inönüga jismoniy jihatdan juda o‘xshashligi sababli ko‘pincha Inönüni tasvirlab berardi.

2002-yilda “Non qayiq” serialidagi Nusret ota obrazi bilan barchaning mehrini qozongan aktyor, mahalliy aholining har bir dardiga davo bo‘lishi bilan birga, odamlar maslahat beradigan personajining suratini chizadi. Mahallaning “bilim”i bo‘lgan Nusret ota siymosi o‘z hazillari bilan vaqti-vaqti bilan tomoshabinlarni kuldiradi. Serialdagi roli tufayli novvoylik bilan shug‘ullangan Nusrettin Somuncu mahallaning otasi bo‘lib, “dada kattasan” deya seviladi. San’atkor bu roli bilan turk xalqining qalbidan joy egallaydi.

O'g'li Barish Dinchel ta'kidlaganidek, Savaş Dinchel bankomat kodi sifatida foydalangan "1402" sonli harbiy holatga asoslanib, 1980-yil 12-sentyabrda faoliyati to'xtatilgan davrdan tashqari, shahar teatrlarida rol o'ynagan va boshqargan. Bundan tashqari, u yon mashg'ulot sifatida rasm chizish va plakat ishlari bilan ham shug'ullangan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Savaş Dinchel "Sovuq kemalar" serialining suratga olish jarayonida kasal bo'lib qolib, og'ir operatsiyani boshidan kechiradi. [1] U 2007-yil 20-dekabr kuni Istanbuldagi uyida ichki qon ketishini boshidan o'tkazdi va har qanday aralashuvlarga qaramay, xuddi shu kuni Memorial kasalxonasida vafot etti. Shifokori uning o'limi kasallik tufayli bo'lgan degan fikrni rad etadi.[4] O‘lim sababi “yurakning to‘xtab qolishi” (yurakning to‘satdan to‘xtab qolishi) bilan tushuntirilgan.[5]

Savaş Dinçel 2007-yil 21-dekabrda Istanbuldagi Zincirlikuyu qabristoniga dafn etilgan.

Aktyorlik o'yinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yozgan o'yinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Komikslar va multfilmlar albomi[tahrir | manbasini tahrirlash]

U boshqargan ba'zi o'yinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1989 yil: Ismoil Dumbullu mukofoti - Izmarit Nuri roli uchun
  • 2000: Afife teatr mukofotlari : Yilning eng muvaffaqiyatli musiqiy yoki komediya aktyori - Sersem Kojaning ayyor rafiqasi
  • 2000: 22. Siyod Turk kinosi mukofotlari - Eng yaxshi erkak roli, Dar Alanda Kısa Paslaşmalar (Tor maydonda qisqa o'tishlar)
  • 2001: 20- Istanbul kinofestivali - Eng yaxshi aktyor, Dar Alanda Kısa Paslaşmalar (Tor maydonda qisqa o'tishlar)
  • 2001: 8. ÇASOD "Eng yaxshi erkak roli" mukofotlari, eng yaxshi erkak roli, Dar Alanda Kısa Paslaşmalar (Tor maydonda qisqa o'tishlar)
  • 2002: 2. Lions Teatr mukofotlari - Yilning eng yaxshi dramaturgi, Uçurtma Kuyruğu

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Arşivlenmiş kopya“. 16 aralık 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6 kasım 2015.
  2. „Arşivlenmiş kopya“. 26 ağustos 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26 ağustos 2022.
  3. „Arşivlenmiş kopya“. 26 ağustos 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26 ağustos 2022.
  4. „Arşivlenmiş kopya“. 16 eylül 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6 kasım 2015.
  5. „Arşivlenmiş kopya“. 11 nisan 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6 kasım 2015.