Saturn (xudo)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Saturn — Qad. Rim mifologiyasida ekinlar xudosi, dehqonchilik homiysi. S. Italiyaning juda qad. podshosi hisoblangan, u xalqni dehqonchilikka, sohibkorlikka oʻrgatgan. Uning davri yalpi tenglik, maʼmurchilik va tinchlik barqaror boʻlgan "oltin asr" zamonasi edi. S. sharafiga har yili dek. oyida dabdabali va quvnoq saturnaliya bayrami oʻtkazilgan. S. uzun soqolli va qoʻlida oʻrogʻi boʻlgan odam shaklida tasvirlangan. Mil. av. 3asr oxiri va 2-asr boshidan S.ga sigʻinish yunonlar xudosi Kronosga sigʻinish bilan qoʻshilib ketdi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil