Sartak
Qiyofa
| Sartak | |
|---|---|
|
Sartakning huzuriga Gleb Vasilkovichning tashrif buyurishi tasviri. | |
| Oltin Oʻrda xoni | |
| Saltanat | 1256 — 1256 |
| Oʻtmishdoshi | Botu |
| Davomchisi | Ulagchi |
| Tugʻilishi | nomaʼlum |
| Vafoti | 1256 |
| Dafn etilgan joy | |
| Otasi | Botu |
Sartak (? – 1256-yilda vafot etgan) – Oltin Oʻrda davlatining ikkinchi hukmdori. Botuning katta oʻgʻli. Yozma manbalarga koʻra u nasroniylik diniga eʼtiqod qilgan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Botuning toʻngʻich oʻgʻli. „Vassof tarixi“da keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, 1240—1242-yillarda moʻgʻullarning gʻarbga yurishlarida ishtirok etgan. Sayo daryosi boʻyidagi vengerlar bilan boʻlgan jangda aylanma manyovr harakatiga boshchilik qilgan (bu manyovr jang natijasini hal qilgan). 1246—1255-yillarda „ruslarga bogʻliq ishlarni nazorat qiluvchi shaxs“ vazifasini bajargan. Kirakos Gandaketsining maʼlumotlariga koʻra, Sartak cherkov va nasroniylarning ahvolini ancha yengillashtirgan, ruhoniylar va cherkovni soliqlardan ozod etish haqida farmon chiqargan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |