Sarmishsoy rasmlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sarmishsoy rasmlari — Qoratogʻ (Navoiy viloyati)ning jan. yon bagʻridagi Sarmishsoy darasi qoyatoshlariga oʻyib ishlangan rasmlar. 1958 yilda X.Muhamedov tomonidan topilgan. 1966 yildan i.t. ishlari olib borilmoqda (dastlab N. Toshkanboyev, keyinrok, A. Kabirov, 1960—70y.lar; 1993 yildan M. Xoʻjanazarovvab.). Mil. av. 4— 1ming yillikka va undan keyingi davrlar (mil. 17-asrlar)ga mansub 4 mingga yaqin rasmlar bronza, temir va tosh bilan uribchoʻkichlab sxematik, kontur, soya va naqshdor uslubda ishlangan. Sarmishsoy rasmlarida yovvoyi hayvonlarni ov itlari yordamida ovlash, hayvonlarning oʻzaro urushi, chorvachilik, rake tushayotgan odamlar, liniy marosimlarning ijro etilishi bilan bogʻliq manzaralar tasvirlangan. Xonaki va yovvoyi hayvonlar, oʻqyoy, xanjar, qilich, nayza kabi turli buyumlar, kiyimlar (dubulgʻa, uchli quloqchin, kalta chopon, oyoq kiyimi va boshqalar) tasviri oʻziga xos tarzda yuksak maxrrat bilan nozik, hayotiy qilib ishlangan. Sr. ibtidoiy sanʼatning nodir yodgorligi hamda shu hududda yashagan kad. xalqlarning hayoti, hayvonot dunyosi tarixini oʻrganishda muhim arxeologik yodgorlik obidasi sifatida kimmatlidir.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil