Sarjin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Sarjin, sajen (slavyancha sag — kddam, odim) — 1) sajen — qad. rus uzunlik oʻlchov birligi. Xalqaro metrik oʻlchovlar tizimi kiritilgunga qadar (1918-yil) ishlatilgan. 1S.=3 gaz=48 vershok=2,13360 m. Yuza ulchov birligi — desyatina (2400 kv. sajen); 2) S. — hajm oʻlchov birligi. Juda qadimdan paxsa devor va palyon oʻtinlarning hajmini oʻlchashda qoʻllanib kelingan, mas, boʻyi uch gaz, eni 0,6—0,75 gaz, balandligi bir yarim gaz qilib terilgan palyon oʻtin yoki urilgan paxsa 1 S. hisoblanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil