Sarisu (tuman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sarisu tumanidan yoʻnaltirildi)
Sarisu
tuman
43°43′53″N 72°13′26″E / 43.73139°N 72.22389°E / 43.73139; 72.22389 G OKoordinatalari: 43°43′53″N 72°13′26″E / 43.73139°N 72.22389°E / 43.73139; 72.22389 G O
Mamlakat Qozogʻiston
viloyat Jambul viloyati
Hukumat
 • Akim Sultangaliyev Marat Qirgʻizaliyevich[1]
Asos solingan 1928-yil 3-sentabr
Aholisi
 (2023)
44 146[2]
Milliy tarkib qozoqlar (93,35%)
ruslar (4,40%)
va boshqalar (2,25%)[3][4][5]
Vaqt mintaqasi UTC+6
Avtomobil kodi H
Sarisu xaritada
Sarisu
Sarisu
Sarisu xaritada
Sarisu
Sarisu

Sarisu tumani (qozoqcha: Сарысу ауданы) — Jambul viloyatining gʻarbiy hududida joylashgan. 1928-yili tashkil topgan. Hududi — 31,3 ming km², Aholisi 41 592 kishi (2010). Tuman maʼmuriy markazi — Janatas shahri. Sarisu tumanida soʻnggi paleolit ​​davriga oid Burkitti qishlogʻi bor.

Tuman toʻgʻrisida maʼlumot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tumanda 1 ta Janatas koʻpsoxali kolledji, 2 ta kasb-hunar texnik litseyi, 28 ta umumtaʼlim maktabi, 1 ta internat, 1 ta kechki oʻrta maktabi, 3 ta bolalar kasb-hunar maktabi, 3 ta bolalar musiqa maktabi, 4 ta bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, 1 ta bolalar va oʻsmirlar markazi, 7 ta maktabgacha taʼlim muassasasi va 6 ta klub faoliyat yuritmoqda.

Tuman hududida hozirgi kunda 2 ta madaniyat uyi, 19 ta qishloq klubi, 26 ta kutubxona mavjud. 2007-yilda 3 ta klub va 1 ta kutubxona yangidan ochilib, oʻz faoliyatini boshlagan. Tibbiyot sohasi boʻyicha Janatas shahrida joylashgan markaziy kasalxona bilan tuman shifoxonasi, Saudakent qishlogʻida joylashgan qishloq kasalxona va tuman silni davolash dispanseri, 6 ta qishloq ambulatoriyasi, 19 ta tibbiy punkt oʻz faoliyatini yuritmoqda. Tumanda tibbiyot sohasida hammasi boʻlib 690 kishi xizmat qiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]