Sariqoʻrgʻon toʻgʻoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sariqoʻrgʻon toʻgʻoni – Soʻx daryosidagi gidrotexnik inshoot. Uzunligi 850 m, bal. 6,3 m, eni 5 m. Toʻgʻon 6 darvozadan iborat; darvozalarning umumiy uz. 38 m. Toʻgʻonga 106° burchak ostida oʻng qirgʻoqqa 3 ta, chap qirgʻoqqa 2 ta darvozali rostlagichlar oʻrnatilgan. Oʻng qirgʻoqdagi rostlagichdan oʻng kanalga sekundiga 60 m³, chap qirgʻoqdagi rostlagichdan chap kanalga sekundiga 38 m³ suv chiqaradi. Toʻgʻon qurilishi 1948-yilda tugallangan. St. qum, oqiziq va choʻkindilarni kanalga chiqarmaydigan qilib ishlangan. Tabiiy aylanma, sirkulyasiya natijasida katta fraksiyadagi choʻkindi va oqiziqlar toʻgʻonning pastki qismiga oʻtib ketadi. St. Fargʻona vodiysidagi 170 ming ga yerni suv bilan taʼminlaydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil