Sariq uy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sariq uy
: '

Van Goghning shu nomdagi asari
Yil 1888
Joylashuvi Van Gogh muzeyi, Amsterdam

Sariq uy (Flemenk tilida: Het gele huis), — 1888-yilda XIX asrda yashab ijod qilgan golland postimpressionist rassomi Vincent van Gogh tomonidan akvarelda yaratilgan mashhur sanʼat asaridir.

Bu nom Fransiyaning Arles shahridagi Lamartin maydonining oʻng tomonida joylashgan uy nomidan kelib chiqqan boʻlib, Van Gog 1888-yil 1-may kuni u yerdagi toʻrtta xonani ijaraga olgan. Van Gogh birinchi qavatdagi ikkita katta xonani yashash uchun va yana birini ustaxona, birini esa oshxona sifatida foydalanadi. 1888-yil oktyabri oyida Paul Gauguin 9 oy davomida aynan shu yerda yashagan.

Van Goghning taʼkidlashicha, u ovqatlangan restoran suratning chap tomoniga yaqinroq yerdagi pushti bino ichida joylashgan (Lamartin 28-uy). Bu restoranni beva ayol Venissak boshqargan, u Van Gogh yashagan uyning egasi boʻlgan. Bundan tashqari u bu koʻchada joylashgan uylarning koʻpchiligiga ham egalik qilib kelgan. Sariq uyning oʻng tomonida joylashgan Montmajour prospekti ikkita temir yoʻl koʻprigiga olib chiqqan[1]. Birinchi liniya hududni Lunelga, Ron daryosining narigi tomoniga bogʻlovchi poezd orqali oʻtuvchi mahalliy aloqani taʼminlab turgan. Boshqa qator — P.-L.-M. U temir yoʻllar kompaniyasi (Parij Lyon Méditerranée) tomonidan sotib olingan[2]. Chap tomonda Lamartin maydonidagi bogʻlardan birini oʻrab turgan piyodalar yoʻlakchasi mavjud edi.

Bino, Ikkinchi jahon urushi yaʼni 1944-yil 25-iyun kuni yuz bergan katta portlashlar vaqtida shikastlangan va keyinchalik butunlay vayron boʻlgan [3].

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Avenue Montmajour is now Avenue de Stalingrad.
  2. The Railway Bridge, another painting by Van Gogh, supplies a view from this bridge back to place Lamartine, the square in which the house was located.
  3. A photographic document of the damaged house survived (Van Gogh Museum, Archief M. E. Tralbaut), stamped „Photo E. Barral“ and annotated by the author „La Maison de Van Gogh après le Bombardement du 25 Juin 1944“; it is reproduced in Wilkie, In Search of Van Gogh, page 92