Xarajatlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sarfxarajatlardan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Xarajatlar, sarfxarajatlar, chiqimlar —tovarlarni i.ch. va muomalasi jarayonida turli resurslar (xom ashyo, materiallar, mehnat, xizmatlar, mablagʻlar) sarflari bilan bogʻliq chiqimlarning pul shaklidagi ifodasi. Asosan, i.ch. va muomala X.ga boʻlinadi. Ishlab chiqarish X.i: doymi y X. — ishlab chiqariladigan mahsulot hajmiga bogʻliq boʻlmagan chikimlar (mas, hududni qoʻriklash, maʼmuriyatni, binoimoratlarni saqlash chiqimlari); oʻzgaruvchan X. — ishlab chiqariladigan mahsulot yoki koʻrsatiladigan xizmat hajmiga bogʻliq boʻlgan chiqimlar, (mas, materiallar, xom ashyo sotib olish, ishbay xodimlar mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq sarflar). Toʻliq (umumiy, yalpi) X. — doimiy va oʻzgaruvchan X. yigʻindisi; bevosita ishlab chiqarish X.i (aniq bir mahsulotni i.ch. bilan bogʻliqva uning tannarxiga kiritiladigan chiqimlar), ekspluatatsiya X.i — mashina, uskuna, transport vositalari va boshqalardan foydalanish bilan boglits chikimlar. Muomala X.ga qoʻsh im cha muomala chiqimlari (i.ch. jarayonlarini muomala sohasida davom etishi — qadoqlash, sakdash, sotiladigan joyga eltish va boshqa bilan bogʻliq) vasof muomala chiqimlari (bevosita oldisotdi operatsiyalari bilan bogʻliq) X. kiradi. Muomala X., odatda, isteʼmolchilar uchun (transportekspeditorlik chiqimlari, bojxona boji toʻlash, port soliq va yigʻimlarini toʻlash, bank xizmatlari uchun chiqimlar, vakillik X.i), ishlab chiqaruvchilar uchun (savdosotiq boʻlinmasini sakdash, marketing tadqiqotlari, reklama, transportekspeditorlik chiqimlari, vositachilarga haq toʻlash, sotishdan oddinti servis va texnika xizmati uchun chikimlar, bank operatsiyalari boʻyicha xarajatlar, vakillik xarajatlari va boshqalar) va savdo uchun (tovarni xarid qilish, tashish, sakdash va sotish bilan bogʻliq chiqimlar) alohida hisobkitob qilinadi.

Resurslardan foydalanish samaradorligini taxdil qilishda "muqobil X." tushunchasi (agar hozirgi mavjud i.ch. oʻrniga muqobil i.ch. boʻlganida olinishi mumkin boʻlgan qiymat) qoʻllanadi. Bu X.ga foizlar va mulkdorga toʻlanadigan haq ham kiritiladi. X.ni qisqartirish foydani koʻpaytirishning muhim talabi hisoblanadi.

Alisher Vahobov.