Sardor Tairov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sardor Tairov
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 1996-yil 30-may
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi
Leybl
Mukofotlari „Oltin kabutar“ tanlovi gʻolibi
Janr
Faoliyat yillari 2002 — hozirgacha

Sardor Tairov (1996-yil 30-may Fargʻona, Oʻzbekiston) — oʻzbek estrada xonandasi[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sardor Tairov 1996 -yil 30-mayda Fargʻona shahrida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatgach, 2012—2015-yillarda Fargʻona viloyati san’at va madaniyat kollejida tahsil oldi. 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston konservatoriyasining oʻzbek estrada xonandaligi fakultetini tamomlagan[2]. Oilali(2022-yil).

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tairov 7-yoshidan boshlab qoʻshiq kuylaydi. U ilk bor Tavakkal Qodirovning “O'xshaydiku” qoʻshigʻini ijro etdi. 8-yoshida xonanda Otabek Muhammadzohidning shogirdi boʻldi. 2015-yilda “Yosh tomoshabinlar” festivalida ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi[3]. 2017-yil Tairov uchun juda muvaffaqiyatli yil boʻldi. Konsertda xonanda Baxrom Nazarovning jonli ijrosi barchaga manzur boʻldi. 2018-yilda Tairov Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi madhiyasini ijro etgan. 2018-yil oxirida "Baxtingni top"[4] qo'shig'i bilan mashhur bo'ldi. 2019-yilda “Sevmasam” qoʻshigʻi muhlislar tommonidan zo'r kutib olinib ommalashgan. 2019-yilgi “Oltin kabutar” mukofotida Tairovning “Agar menga yoqmasa” klipi “Yilning eng yaxshi klipi” nominatsiyasida g'oliblikni qo'lga kiritdi. 2019-yilda “Honim Afandi” qoʻshigʻi Tairovga unchalik omad keltirmadi. 2020-yilda Tairovning “Xasrad” qoʻshigʻi yoshlar orasida mashhur boʻldi. 2021-yilda uning “Majbur” taronasi katta shuhrat keltirdi va oʻsha yili uning “Majur” qoʻshigʻi yilning eng mashhur qoʻshigʻi deb topildi.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2015-yilda “Yosh tomoshabinlar” festivalida ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
  • Tairovning “Oltin kaputar-2019” taqdirlash marosimidagi “Sevmasam” klipi “Yilning eng yaxshi klipi”[5] deya e'tirof etildi.
  • 2019-yilda “Majbur” qoʻshigʻi yilning eng mashhur qoʻshigʻi deb topildi[6].
  • 2020 -yil Oʻzbekiston faxriy unvonlari [ aniqlash ]

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]