Kontent qismiga oʻtish

Sarayönü masjidi

Koordinatalari: 35°10′39″N 33°21′39″E / 35.1776°N 33.3607°E / 35.1776; 33.3607
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Sarayönü masjidi
turkcha: Sarayönü Camii
Mamlakat  Kipr
Hudud Shimoliy Nikosiya
Shahar Nikosiya
Koordinatalar 35°10′39″N 33°21′39″E / 35.1776°N 33.3607°E / 35.1776; 33.3607
Meʼmoriy uslub Mavr meʼmorchiligi
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik

Sarayönü masjidi (turkcha: Sarayönü Camii), Sarai masjidi nomi bilan ham tanilgan, Kiprning Nikosiya devorli shahridagi masjid boʻlib, hozirda Shimoliy Nikosiyada joylashgan. U Sarayönü maydoniga juda yaqin va tarixan maydonning oʻzida boʻlgan.

Camille Enlartning qayd etishicha, 14–15-asrlarda, Luzinyanlar va Venetsiya hukmronligi davrida masjid joylashgan hududda karmelitlar cherkovi boʻlgan. Unda bitta gumbaz boʻlgan va xabar qilinishicha, qabriston bilan oʻralgan boʻlib, u yerda Quddus qiroli, Normandiya gersogi hamda boshqa zodagonlar dafn etilgan. 1571-yilda Usmonlilarning Kiprni bosib olishidan soʻng Sarayönü maydonida harbiy lager joylashtirilgan va karmelitlar cherkovi askarlarning ibodatini taʼminlash uchun masjidga aylantirilgan. Qayta moslashtirilgan binoning tashqi qismi gotika meʼmorchiligini, ichki qismi esa klassik Usmonli me’morchiligini namoyon etadi. U turk tilida „Orduönü Mescidi“ deb atalgan boʻlib, bu „harbiy lager oldi masjidi“ degan maʼnoni anglatadi[1][2].

Keyinchalik Usmonlilar hukmronligi davrida sobiq karmelitlar cherkovi oʻrniga yangi masjid qurildi. Bu masjidning qurilish sanasi turlicha beriladi: ayrim manbalar uning 1690–1691-yillarda „Kıncı (Kılıç) Ali posho“ga nisbat berib qurilganini, boshqalari esa uni 1820–1824-yillarga, „Ali posho“ga nisbat berilgani koʻrsatiladi. Masjid ichki qismida anʼanaviy usmonli meʼmorchiligiga ega edi, tomi ikki oʻtkir ravoq bilan koʻtarib turilar va bezaksiz minorasi boʻlgan. 1873-yilda masjidga tashrif buyurgan A. L. Salvator masjid hovlisida yunoncha yozuvli sarkofag turganini va u namozdan oldin tahorat qilish uchun ishlatilganini yozgan. Sarkofag 1980-yilda Haydar posho masjidi hovlisiga koʻchiriladi[1].

Masjid 1900-yil yanvaridagi zilzilada vayron boʻlgan. Britaniyalik meʼmor Fenton Atkinson oʻsha yili hozirgi masjidning rejalarini chizadi. Taxminlarga koʻra, Atkinson Andalusiya haqidagi xotiralaridan ilhomlangan. Hozirgi masjid qurilishi 1901-yil 26-noyabrda boshlandi va ehtimol 1903-yilda yakunlangan boʻlishi mumkin[1][3].

1963–1964-yillarda Qonli Rojdestvo nomi bilan tanilgan jamoalararo mojarodan soʻng, kiprlik turklar rasmiy nikoh marosimlarini oʻtkazish uchun mavjud bino topa olmadilar. Shu bois masjid nikoh idorasiga aylantirildi[4]. Xabar qilinishicha, polga toʻshalgan gilamlar olib tashlangan va masjid ichiga oʻrindiqlar qoʻyilgan. 2004-yilda Turkiyadagi konservativ va moʻtadil islomiy doiralar, jumladan milliy Zaman gazetasi bosimi ortidan u yana qayta masjidga aylantirildi[5].

Meʼmorchilik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid mavr meʼmorchiligi uslubida loyihalashtirilgan[1], biroq unda Hindiston taʼsirining ayrim unsurlari ham mujassam. Shunga qaramay, uning rejasi toʻgʻri toʻrtburchak boʻlib, shu tariqa Kiprga xos anʼanaviy uslubga mos keladi. Chet taʼsirlar koʻrinadigan old fasad besh qismdan iborat boʻlib, oʻtkir, taqa-simon ravoqlarga ega. Avvalgi usmonli masjididan qolgan minora toshdan qurilgan va masjidning asosiy hajmidan ajralgan holda tik turadi[6].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Bağışkan, Tuncer „Sarayönü Meydanı’nın uzak ve yakın geçmişi“ (Turkish). Yeni Düzen (2013-yil 3-avgust). Qaraldi: 2015-yil 6-avgust.
  2. Gürkan, Haşmet Muzaffer. Dünkü ve Bugünkü Lefkoşa, 3rd (Turkish), Galeri Kültür — 95–100-bet. ISBN 9963660037. 
  3. „Sarayönü - Atatürk Square“. Cypnet. Qaraldi: 2015-yil 6-avgust.
  4. „KKTC'deki Sarayönü Camii'nin cemaat hasreti bitiyor“ (Turkish). Milli Gazete. Qaraldi: 2015-yil 6-avgust.
  5. „Kıbrıs'taki tarihî Sarayönü Camii nikâh salonu olmaktan kurtuluyor“ (Turkish). Zaman. Qaraldi: 2015-yil 6-avgust.
  6. Alasya, Halil Fikret (2012). "Kıbrıs" (Turkish). İslam Ansiklopedisi. 25. Türk Diyanet Vakfı. p. 385. http://www.islamansiklopedisi.info/dia/ayrmetin.php?idno=250383. 

VikiombordaSarayönü Mosque“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor.