Kontent qismiga oʻtish

Saqoqushlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Saqoqushlar
Binar nomi

(Rafinesque, 1815)
Turlari

Saqoqushlar, meshkobchi qushlar, bir qozonlar (Pelecanidae) – kurakoyoqlilar turkumiga mansub qushlar oilasi. Tumshugʻi uzun, pastki qismida choʻziluvchan teri xaltasi (meshkobi) bor. Tanasining uz. 130—180 sm, qanotlari yoyilganda 2,7 m gacha, vazni 10— 13 kg. Patlari oq, pushti yoki kulrang tusda tovlanadi. Yirik patlari toʻq qoʻngʻir, baʼzan qora. Havo xaltasi hamda skeleti govak boʻlishi tufayli yaxshi suzadi va uchadi. Koloniya boʻlib dengiz, dare va koʻl orollaridagi qamishzorlarda toʻplanadi. Daraxt va yerga uya quradi. Odatda, 2—3 ta tuxumini nari va modasi 35—40 kun navbatlashib bosadi. Bolalari 70—75 kunda uchurma boʻladi. Fatsat baliklar bilan oziqlanadi. 1 urugi, 7 turi maʼlum; yer sharining issiq va iliq zonalarida tarqalgan. Oʻzbekistonda 2 turi – pushti va jingalak saqoqush uchraydi. Soni qisqarib borayotgan turlar maqomi bilan Oʻzbekiston Kizil kitobiga kiritilgan. Jingalak saqoqush Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining qizil roʻyxatiga va „Yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi toʻgʻrisida“gi Konvensiyaning (CITES) 1 ilovasiga kiritilgan.[2]

  1. Milne-Edwards (1863). "Les oiseaux aquatiques (Gaviiformes a Anseriformes) du gisement Aquitanien de Saint-Gerand-le-Puy (Allier, France): revision systematique". Palaeovertebrata (Montpellier) 14 (2): 33–115. 
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil