Santiago de Kuba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Santiago de Kuba — Kubaning janubi-sharqiy qismidagi shahar, SantyagodeKuba provinsiyasining maʼmuriy markazi. Mamlakatning Gavanadan keyin 2-oʻrindagi iqtisodiy va madaniy markazi. Aholisi 430,4 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Karib dengizining Santiago de Kuba buxtasining shimoli-sharqiy sohilidagi yirik port (chetga neft, shakarqand, rom, kofe chiqariladi). Transport yoʻllarining muxim tuguni. Aeroport bor. Oziqovqat, metallsozlik, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal sanoati korxonalari, kema verfi mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Shahar yaqinida neftni qayta ishlash zavodi qurilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil