Industrial moylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sanoat moylaridan yoʻnaltirildi)

Industrial moylar, sanoat moylari — mashina va mexanizmlarni moylash uchun ishlatiladigan neft mahsulotlari. Qovushoqlik darajasiga koʻra yengil, oʻrta va ogʻir moylarga boʻlinadi. Yengil I. m. (50° da qovushoqligi 5 — 10 yest (1sst = 10 6 m2/sek), qotish temperaturasi ?q=25° gacha) — velosit, texnik vazelin, separator moyi. Toʻqimachilik sanoatidagi yigirish va pishitish ma-shinalari, tikuv mashinalari, metall ishlash stanoklarining shpindellari, nazorat-oʻlchash asboblarini va b.ni moylash uchun ishlatiladi. Oʻrta I. m. (50° da qovushokligi 10—50 yest, qotish temperaturasi ʻq=30°) — urchuq moyi, mashina moyi, telegraf moyi. Oʻrtacha tezlik va nagruzkada ishlaydigan mashina va me-xanizmlar, kichik quvvatli elektr dvi-gatellar va metall ishlash stanoklarining gidrotizimlari shunday moylar bilan moylanadi. Ogʻir I. m. (100° da qovushoqligi 10—30 yest, qotish temperaturasi ancha yuqori) kichik tezliklarda, lekin katta nagruzka bilan ishlaydigan sanoat uskunalari, mas, temirchilik-presslash uskunalari, tishli uzatmalar va b. ni moylash uchun ishlatiladi.

Sanoat moylari, turbina moylari, kompressor moylari, gidravlik moylar, bugʻ oqimli vakuum nasoslarda ish jismi sifatida ishlatiladigan moylar ham I. m. hisoblanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil