Sanksiya (huquqshunoslik)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sanksiya — huquqbuzarga nisbatan qoʻllaniladigan va uning uchun muayyan oqibatlar keltiruvchi chora.[1] Sanskiya xarakteri va qaysi organ tomonidan qoʻllanilishiga qarab jinoiy-huquqiy, maʼmuriy-huquqiy, intizomiy-huquqiy, mulkiy sanskiyaga boʻlinadi.

  • Jinoiy-huquqiy sanskiya (ozodlikdan mahrum qilish, surgun va hokazolar) faqat sud tomonidan qoʻllaniladi.
  • Maʼmuriy-huquqiy sanskiya (jarima, maʼmuriy qamoq) militsiya, politsiya, davlat inspeksiyasi va shu kabilar tomonidan qoʻllaniladi.
  • Intizomiy-huquqiy sanskiya (lavozimini pasaytirish, ishdan boʻshatish) — mansabdor shaxslar va maʼmuriyat tomonidan qoʻllaniladi.
  • Mulkiy sanskiya (masalan, qoida buzuvchining jabrlanuvchiga yetkazilgan ziyonni toʻlashi yoki jabrlanuvchi foydasiga undirib berilishi, bitim, shartnoma yoki kontraktni haqiqiy emas deb topish, neustoyka toʻlash va shu kabilar) sud, xoʻjalik sudi tomonidan alohida chora sifatida yoki boshqa choralar bilan birgalikda qoʻllaniladi.

Manbalar[tahrir]

  1. "Sanksiya". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000-2005.