Saniyat al-Uqob jangi (arabcha: معركة ثنية العقاب) – 634-yilda Xolid ibn al-Volid boshchiligidagi Roshidun xalifaligi hamda Vizantiya imperiyasi oʻrtasida kechgan jang. MusulmonlarHerakleios tomonidan qamalda qolgan Damashq garnizonini ozod qilish uchun yuborilgan Vizantiya qoʻshiniga qarshi kurashgan. Jangga tayyorgarlik jarayonida xalifalik qoʻshinlari Damashq shahrini butun mintaqadan ajratib qoʻyishni maqsad qilgan edi. Shu reja asosida Xolid janubda, Falastinga olib boruvchi yoʻl boʻylab, shimolda esa DamashqdanHims (Emesa) tomon yoʻlga oʻz qoʻshinlarini joylashtirdi. Shuningdek, Damashqqa eltuvchi boshqa yoʻllarga ham kichik boʻlinmalar qoʻyildi. Bu boʻlinmalar aygʻoqchilik qilish va Vizantiya imperiyasi tomonidan yuborilishi mumkin boʻlgan yordam kuchlarini kechiktirishga xizmat qilar edi. Vizantiya imperatorining yordam kuchlari aynan shu boʻlinmalar tomonidan yoʻlda toʻxtatib qolindi. Ular dastlab ustunlikka ega boʻlishdi, biroq jang Saniyat al-Uqob (tarjimasi „Burgut dovoni“) deb ataluvchi tor togʻ yoʻlida davom etdi va aynan shu yerda Xolid ibn al-Volid shaxsan oʻzi qoʻshimcha kuchlar bilan yetib keldi va Vizantiya qoʻshinlarini magʻlubiyatga uchratdi[1].