Sanitariya-epidemiologiya xizmati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sanitariya-epidemiologiya xizmati (OʻzR da) — davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratiii amalga oshiradigan, sanitariyaprofilaktika va epidemiyaga qarshi choralar ishlab chiqish va ularni amalda tatbiq etish bilan shugʻullanadigan davlat muassasalari tizimi. Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash vazirligining davlat sanitariyaepidemiologiya nazorati departamentidan, xududiy sanitariyaepidemiologiya styalaridan, ayrim soha vazirliklari karamovdsagi sanitariyaepidemiologiya xizmatidan tashkil topgan. Xizmatni davlat bosh sanitariya vrachi — Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari boshkaradi. Sanitariya-epidemiologiya xizmatix.ni boshqaruvchi shaxslar epidemiyaga qarshi sanitariya tadbirlarini oʻtkazilishini talab qilish, bajarilishi lozim boʻlgan barcha gigiyenik masalalar yuzasidan tegishli xulosalar berish, isteʼmolga yaroqsiz deb topilgan oziq-ovqat mahsulotlarini yoʻqotish haqida qaror chiqarish va boshqa huquklarga ega. Shuningdek, ular yuqumli kasallik bilan ogʻrigan kishilarni kasalxonaga yotqizishni, dezinfeksiya oʻtkazilishini taʼminlaydi, zarur hollarda karantin eʼlon qiladi. Sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalari aholini immunlash masalalari bilan ham shugʻullanadi (yana qarang Sanitariya-epidemiologiya stansiyasi).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil