Sanitariya-epidemiologiya stansiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sanitariya-epidemiologiya stansiyasi (SES) (OʻzRda) - sanitariya-epidemiologiya xizmatining asosiy ixtisoslashtirilgan muassasasi. 1952-yilda tashkil etilgan. Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirligining 1999-yil 2 dekabr buyrugʻi asosida kayta tashkil qilindi.

1955-yilda Oʻzbekistonda sanitariyaepidemiologiya xizmati tarkibiga oʻzgartirishlar kiritildi. Davlat sanitariya inspeksiyasi, SES, bezgak va brutsellyoz (qora oqsoq)ga qarshi ish olib borgan muassasalar birlashtirilib, yagona hududiy SES tashkil etildi. 1967-yilda Oʻzbekistonda sanitariya epidemiologiya xizmati faoliyatini takomillashtirish maqsadida tuman SES larining mustaqilligini tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi va 1956-yilda tuman markaziy kasalxonasiga biriktirib qoʻyilgan tuman SES lari mustaqilligi taʼminlandi. SES tarkibiga sanitariyagigiyena, epidemiologiya va dezinfeksiya boʻlimlari kiradi. SES tashqi muhitni (ayniqsa, sanoat korxonalari joylashgan hududlarda) sogʻlomlashtirish tadbirlari ustidan sanitariya nazorati oʻrnatish, yuqumli, parazitar va kasb kasalliklarining oldini olish va yoʻqotish kabi tadbirlarni amalga oshiradi. Baʼzi SESlarda oʻta yuqumli, ogʻir infeksiyalarning oldini olish boʻlimlari; radiologik guruh va boshqa bor. Hozirgi Oʻzbekistonda 237 ta SES boʻlib, unda 3622 vrach va 9767 oʻrta tibbiy xodim xizmat kiladi (2004).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil