Sandino Augusto Sesar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

SANDINO (Sandino) Augusto Sesar (1895.18.5 1934.21.11) - Nikaragua milliy qahramoni. Nikaraguani 1912-yilda bosib olgan AQSH qoʻshinlariga qarshi kurashni boshqargan (1926-yildan). S. boshchiligidagi kurash natijasida 1933-yil yanvarda mamlakat ozodlikka erishgan. S. "milliy gvardiya" boshligʻi A. Somosa tomonidan xoinona oʻldirilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil