Sanatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sanatsiya (lotincha: canatio — sogʻlomlashtirish, davolash) — bankrotlik xavfidan qutqarish, korxonalar, firmalar, kompaniya va boshqalarning moliyaviy ahvolini yaxshilashga qaratilgan davlat va bank choratadbirlari tizimi. Asosiy yoʻnalishlari — nochor korxonalarni kreditlash, qayta tashkil etish, ishlab chiqariladigan mahsulotlar yoki faoliyat turlarini oʻzgartirish, oʻz xomiyligiga oʻtkazish va boshqa S. bozor iqtisodiyoti uchun tabiiy narsa, chunki bozor qonuniyatlariga koʻra, bir korxonaning gullabyashnab ketishi, boshqasining tang ahvolga tushishi yuz beradi. S. orqali davlat bozor iktisodiyotiga taʼsir etadi.

Oʻzbekistonda S. tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasining, "Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish toʻgʻrisida" qonuni (1997-yil 25 dekabr)ga muvofiq, 1998-yildan qishloq xoʻjligida S.ga tushgan (bankrot boʻlgan yoki uning arafasida turgan) qishloq xoʻjaligi korxonalariga nisbatan davlat tomonidan moliyaviy yordam va tashqi ishonchli boshkaruvchilar tayinlash shaklida amalga oshirildi va qoniqarli natijalar berdi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil