Kontent qismiga oʻtish

San José departmenti

San José
Skyline of San José
San José
Bayroq
San José
Gerb
34°18′0″S 56°44′0″W / 34.30000°S 56.73333°W / -34.30000; -56.73333
Mamlakat Urugvay
Asos solingan 1816-yil
Aholisi
108,309
Vaqt mintaqasi UTC-3:00
San José xaritada
San José
San José
San José Departmenti xaritasi.

San José (ispancha talaffuzi:[saŋ xoˈse]) – Urugvay davlatining departamentlaridan biri. Poytaxti San José de Mayo shahri. Gʻarbda Koloniya departamenti, shimolda Flores departamenti va sharqda Florida, Kanelones va Montevideo departamentlari bilan chegaradosh. Departamentning janubiy chegaralari Rio de la Platadagi qirgʻogʻi boʻylab oʻtgan.

San Josédagi etnik guruhlar[1]:
Etnik guruhlar Foiz
Oq tanlilar
 
93.0%
Qora tanlilar
 
5.5%
Hindular
 
3.7%
Osiyoliklar
 
0.4%
Boshqalar
 
3.1%

2011-yilgi statistik maʼlumotlarga koʻra, San José departamentida 108,309 (53,998 erkak va 54,311 ayol) nafar aholi va 43,023 ta xonadon mavjud[2]. Oʻsha vaqtda San José departamentining 16,471 nafar aholisi qishloqlarda yashagan[3].

San José departamentining 2010-yildagi maʼlumotlar asosidagi demografik koʻrsatkichlari[4]:

  • Aholi oʻsish sur’ati: 0.941%
  • Tugʻilish darajasi: 14.60 tugʻilish/1000 kishi
  • Oʻlim darajasi: 8.44 oʻlim/1000 kishi
  • Oʻrtacha yoshi: 33.2 (32.1 erkaklar/34.2 ayollar)
  • Tugʻilganda kutilayotgan umr koʻrish:
    • Umumiy aholi: 77.72 yosh
    • Erkaklar: 73.90 yosh
    • Ayollar: 81.61 yosh
  • Uy xoʻjaligining oʻrtacha daromadi: oyiga 24,747 peso
  • Aholi jon boshiga shahar daromadi: oyiga 9,928 peso

Asosiy shahar markazlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shahar / QishloqAholi soni
San José de Mayo36,743
Ciudad del Plata31,145
Delta del Tigre Villas20,239
Libertad10,166
Playa Pascual6,870
Rodríguez2,604
Ecilda Paullier2,585
Santa Mónica1,662
Puntas de Valdez1,491
Monte Grande1,287
Rafael Perazza1,277
Safici1,087

2011-yildagi maʼlumotlarga asoslangan[5][2].

Boshqa shahar va qishloqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shahar / QishloqAholi soni
Ituzaingó771
Raigón738
Villa María620
Capurro517
  1. „Población por sexo y ascendencia étnico racial, según departamento.“ (es). National Institute of Statistics. 2020-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. 1 2 „Censo 2011 - San José (needs flash plugin)“. INE (2012). Qaraldi: 2012-yil 29-avgust.
  3. „Uruguay en cifras“ (Spanish) (PDF). INE (2011). Qaraldi: 2012-yil 25-oktyabr.
  4. „Censos 2011 Cuadros San José“. INE (2012). 2013-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-avgust.
  5. „Censos 2011 Cuadros San José“. INE (2012). 2013-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-avgust.