San-Marino 2002-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida
| San Marino 2002-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida | |
|---|---|
|
| |
| XOK kodi | SMR |
| MOQ | San-Marino Milliy Olimpiya qoʻmitasi |
| Veb sayt | cons.sm (italyancha) |
| Salt Lake City | |
| Sportchilar | 1 (erkak) 1 sport turi boʻyicha |
| Bayroqdor | Gian Matteo Giordani |
| Medallar |
|
San-Marino AQShning Yuta shtati Salt Lake shahrida boʻlib oʻtgan 2002-yil Qishki Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etdi. Bu mamlakatning Qishki Olimpiya oʻyinlaridagi oltinchi ishtiroki edi. Delegatsiya bir nafar togʻ changʻichisi Gian Matteo Giordanidan iborat edi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]San-Marino Olimpiya oʻyinlaridagi debyutini 1960-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida amalga oshirgan. Mamlakatning qishki olimpida oʻyinlaridagi ilk ishtiroki esa 1976-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlariga toʻgʻri keladi.
1980 va 1998-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlaridan tashqari San-Marino barcha Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etib kelmoqda. 2002-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari esa mamlakat tarixidagi oltinchisi boʻldi[1].
San-Marino delegatsiyasi bir nafar togʻ changʻichisi Gian Matteo Giordanidandan iborat edi[2]. U ochilish va yopilish marosimlarida bayroqdorlik vazifasini bajargan[1][3][4].
Togʻ changʻi sporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gian Matteo Giordani 2002-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari vaqtida 17 yoshda edi[5]. U giant slalom musobaqasida birinchi urinishni 73-oʻrin, ikkinchi urinishni esa 57-oʻrinda yakunladi[6][7]. Giordani umumiy 2:48.31 vaqt natijani qayd etib, masofani yakunlagan 57 sportchi orasida soʻnggi oʻrinni egalladi[5].
| Sportchi | Musobaqa | 1-urinish | 2-urinish | Umumiy | |
|---|---|---|---|---|---|
| Vaqt | Vaqt | Vaqt | Oʻrin | ||
| Gian Matteo Giordani | Giant slalom | 1:25.02 | 1:23.29 | 2:48.31 | 57 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „San Marino“. Sports Reference. 2018-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-iyun.
- ↑ „San Marino at the 2002 Salt Lake City Winter Games“. Sports Reference. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-iyun.
- ↑ „The XIX Olympic Winter Games in Salt Lake City 8th - 24th February 2002“. International Olympic Committee. Qaraldi: 2018-yil 20-iyun.
- ↑ Bower, Amanda (21 Feb 2002). „In Praise of the Lone Olympians“. TIME. 2023-06-29da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20 June 2018.
- ↑ 5,0 5,1 „Gian Matteo Giordani Bio, Stats, and Results“. Sports Reference. 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-iyun.
- ↑ „Alpine Skiing at the 2002 Salt Lake City Winter Olympic Games: Men's Giant Slalom Run 1“. Sports Reference. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-iyun.
- ↑ „Alpine Skiing at the 2002 Salt Lake City Winter Olympic Games: Men's Giant Slalom Run 2“. Sports Reference. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-iyun.