Sanʼat Sobirovna Azizova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Azizova San’at Sobirovna (1934.18.6, Toshkent) – farmakolog, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1992), tibbiyot fanlari doktori (1968), professor (1974), O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi O‘simliklar kimyosi instituti farmakologiya laboratoriyada ilmiy xodim (1958 – 72). Toshkent pediatriya tibbiyot instituti farmako-logiya kafedrasi mudiri (1972 yildan). Asosiy ilmiy ishlari yurak glikozidlarining yurak kasalliklariga, xususan infarqtga ta’sirini eksperimental o‘rganishga oid. A. tibbiyot instituti tala-balari uchun "Farmakologiya" darsligi muallifi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil