Samori Ture

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

SAMORI (Samory) Type (taxminan 1840— 1900) — Afrika davlat va siyosat arbobi, lashkarboshi. Yuqori Niger havzasidagi malinka xalqining Uasulu davlati asoschisi (19-asrning 70—90y.lari). Gʻarbiy Afrika xalqlarini birlashtirishga harakat qilib, Yevropa mustamlakachilariga karshi kurashgan. Fransuzlar tomonidan 1898-yilda asirga olingan va Ndjole (Gabon) qishlogʻiga surgun qilingan, oʻsha yerda vafot etgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil